13
asosiy manbayi ekanligi turli yo‗llar bilan talqin etiladi,
ularda ishlab
chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan.
XVII asr oxirida (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy
ta‘limot – merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‗g‗risida qisqa
ma‘lumot beradigan bo‗lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda
mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko‗proq to‗plash,
nazariyada esa sohadagi (savdo, pul oboroti) iqtisodiy qonuniyatlarni
tadqiq qilishdir (bu avvalgi davrdagi g‗oyalardan keskin farq qiladi).
Keyingi muhim o‗zgarish, bu klassik
iqtisodiy maktabning yuzaga
kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta‘limot ichida fiziokratizm ham
vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‗lmadi. Klassik maktab
g‗oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‗lmoqda
(neoklassik, liberal, neoliberal, …). Marks nomi bilan bog‗liq bo‗lgan
marksizm ta‘limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‗rinni
egallaydi. Hozirgi davrda bu ta‘limot to‗g‗risida imkoni boricha
gapirmaslikka
va ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda,
ko‗proq uning salbiy tomonlarini tilga olish «moda» ga kirgan. Bunda
«jon» bor albatta.
1917-yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish
jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‗lga o‗tgan bir necha
mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi.
Lekin tarix
uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab o‗tish
adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Utopik sotsialistlar va markschilar-
ning iqtisodiy g‗oyalari ham o‗rganilishi zarur.
Ko‗pgina iqtisodiy g‗oyalar obyektiv xo‗jalik amaliyoti bilan
chambarchas bog‗liq. Ko‗pgina olimlar avvallari (hozir ham uchrab
turadi) o‗z qarashlarini mutlaq bekami-ko‗st deb ko‗rsatishga uringanlar.
Albatta, «abadiy» qonuniyatlar ham mavjud bo‗lib,
ularni istalgan
tizimda kuzatish mumkin, ammo ko‗p hollarda olimlar bugungi
haqiqatning tarixiyligini ilg‗ab olishga har doim ham qodir emas.
Ijtimoiy yo‗nalish tarafdorlari ham o‗z metodologiyalariga ehtiyot-
lik bilan yondashishlari zarur. Bunday ehtiyotkorlik uchun diduktiv va
induktiv yo‗nalishlar o‗rtasidagi yoki abstrakt nazariy modelni qo‗llab-
quvvatlovchilar va ko‗proq tarixiy tasvirlash yo‗nalishiga
xayrixohlik
bildiruvchilar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarn o‗rganish va har bir
metodologiyadan foydalanishning yaxshi va yomon taraflarini tushunish
maqsadga muvofiqdir
4
.
4
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-28 b.
14
Yana bir muhim masala ustida to‗xtalib o‗tishni lozim, deb
o‗ylaymiz, ya‘ni avval yuzaga kelgan iqtisodiy g‗oyalarga shu kun bilan
baho beriladi va odatda ilgarigi g‗oyadagi «xato» va «kamchiliklar»
aniqlanib, yangi g‗oyaning undan afzalligi «isbotlanadi».
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta‘kidlanganidek
avvalgi g‗oyalar tufayli odatda yangi g‗oyalar yuzaga keladi, shuning
uchun bu g‗oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan
bo‗lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o‗zidan
avvalgi davrda yuzaga
kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta‘limotlari tahlil etilgan,
Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‗rganilgan va yangi g‗oya
vujudga kelgan.
Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo‗lgan
shaxslarning ko‗pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo‗yicha boshqa soha
sohiblari yoki davlat arboblari bo‗lganlar.
Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti terapevt-shifokor,
P.Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, B.Mandevil va
A.Smitlar faylasuf bo‗lishgan. Bunday misollarni ko‗plab keltirish
mumkin, ammo biz ularni asosan iqtisodchilar, deb bilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: