O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


“Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi” fanining o„rganish predmeti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

“Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi” fanining o„rganish predmeti
– 
iqtisodiy jarayonlarga bo‗lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, 
iqtisodiy g‗oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari 
va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Iqtisodiy ta‘limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili 
yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning 
barcha tarixiy jarayonlarini hamda barcha tarixiy davrlarni o‗z ichiga 
oladi. 
Iqtisodiy ta‘limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog‗liq. 
Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiy 
ta‘limotlar iqtisodiy jarayonlarni to‗g‗ri aks ettirish, ularga faol ta‘sir 
ko‗rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Hammaga ma‘lumki, ko‗pchilik konsepsiyalar (masalan, yangi klassik 
yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib 
kelindi. 
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda 
o‗rganiladi. Shu bilan birga bir narsani qayd qilib o‗tish kerakki, 
iqtisodiy ta‘limotlar tarixi zamonaviylikka yo‗naltirilgan. Bu ko‗rib 
chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan 
ifodalanadi. O‗tgan davr iqtisodiy ta‘limotlari tahlili ehtiyojlarni to‗la 
qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni 
o‗rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb 
muammolarini to‗la hal etishda o‗tgan davr iqtisodchilaridan tayyor 
javob topish qiyin, ammo o‗tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari 
hozirda va kelajak to‗g‗risida to‗g‗ri xulosa chiqarish va yangi 
g‗oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi 
bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‗tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini 
yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 
―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fanini o‗rgangach, iqtisodchi 
mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot 
rivojlanishining obyektiv qonuniyatlari mohiyatini ochib berish, 
muqobil xo‗jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga 
oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo‗lgan o‗zlarining tadqiqot 
mahoratlarini oshiradilar. 


16 
Demak, iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo‗lgan 
fanlarning biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganish bir 
tomondan, ularda umuminsoniy va kasb madaniyatini shakllantirish 
maqsadida zarur bo‗lsa, ikkinchi tomondan, turli davrlardagi nazariy 
maktab, oqim va iqtisodiy yo‗nalish vakillarining nazariy meroslarini 
yaqin zamondagi tariximizga xos bo‗lgan noto‗g‗ri talqin qilishdan 
ehtiyot bo‗lishda ijtimoiy va siyosiy bilimlar bilan birga tarixiy iqtisodiy 
bilimlarni egallash uchun ham zarurdir. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish