5-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlari ustuvorligi, konspiratsiyadan, oshkora va nooshkora usullar uyg‘unligidan
iborat.
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya
qilishi va ularni bajarishi shart.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni
ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |