Qonuniy xom ashyo resurslari kontrabandasi.
Shimol va
Janub o‘rtasida kontrabanda ob’ekti bo‘lib narkotik va qurol-
yarog‘dan tashqari yana “uchinchi dunyo” mamlakatlarining
qimmatli tabiiy resurslari – birinchi navbatda, qazilma boyliklari
(olmos, oltin, neft) namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillar oxirlarida
olmos kontrabandasi jahon olmos bozorining 20 foizini tashkil etar
edi (ularning taxminan 10 foizi - “qonli olmoslar” – Afrika
mamlakatlaridagi urushlarda tortib olingan olmoslardir). Nomineral
tabiiy resurslar bilan noqonuniy savdoga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu
kontrabandaning umumiy miqyosi (qimmatli yog‘och va baliq
mahsulotlari) yiliga 5-8 mlrd.AQSh dollarini tashkil etardi, yana 6-10
mlrd.AQSh dolari hajmda noyob hayvonlardan olingan xom ashyolar
(fil suyagi, karkidonning burun shoxi, oq quyruq shoxlari va boshq.)
tashkil etardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |