Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish.
1990-yillarda yashirin qurol-
yarog‘ bozorining o‘rtacha yillik aylanmasi “noqulay” (tinchlik)
yillari 1-2 mlrd.AQSh dollari miqdorida, yuqori o‘sish cho‘qqisi
(masalan sobiq Yugoslaviyadagi urush davrida) vaqtida 5-10
mlrd.AQSh dollari miqdorida bo‘lgan. Taqqoslash uchun aytish
lozimki, AQShdan (jahon qurol-yarog‘ bozorining yetakchisi) oddiy
qurol-yarog‘ni turlarining rasmiy eksporti taxminan 10 mlrd.AQSh
dollarini tashkil etadi.
Noqonuniy qurol-yarog‘ bozori ikki turga bo‘linadi: jinoiy,
mafiyali (“qora”), va kvazi-jinoiy (“kul rang”). Birinchi bozorda
asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi;
katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari,
vertolyotlar) ulgurji savdosida asosan hukumatlarning maxsus
xizmatlari yoki yirik qonuniy biznes ishtirok etadi (qarang:10.2.1-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |