Yodingizda tuting!
Urush degan balo hali Yer yuzidan butunlay supurib
tashl an gani yo‘q. U goh terrorchilik shaklida, goh milliy va
diniy adovatlar shaklida o‘z sharpasini ko‘rsatib turibdi. Agar
odam zod ogoh bo‘lmasa, ona zamindagi barcha tinchliksevar
kuchlar birlashib, urushga qarshi chiqmasa, bu fojia avval-
gilaridan ham dahshatliroq bo‘lib takrorlanishi mumkin.
Dostonda tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularning
ortida qolgan farzandlar, onalar, chol-u kampirlar nidosi umumlashib
davr nidosiga – tinchlik uchun kurash nidosiga aylanib ketadi:
Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga
Tinchlik janggohining fidosi.
Bu senga, bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
Ana endi doston nomidan – «Nido»dan anglashilgan ma’no
ma’lum bo‘ldi. Demak, tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi
uchun kurash nidosi XXI asrda ham, undan keyin ham, to Yer
yuzida abadiy tinchlik o‘rnatilgunga qadar har bir insonning qalbida
jaranglab turmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |