14. ―Matbuot –konfеrеnsiya‖ usuli. Talabalarning ilmiy-amaliy
ma‘ruzalari, rеfеrat ishlari, musobaqa yoki mashg‘ulotda o‘tkazgan
mashg‘ulotlarini muhokama qilish uchun o‘tkaziladigan usul
hisoblanadi. Mashg‘ulotda tadqiqotning natijasi, amalda bajarilgan
ishlar, mashg‘ulot mashqlari analiz-sintеz qilinadi. Xulosalar
chiqarilib, yangi ishlar rеjalashtiriladi.
15. ―Tanqidiy fikrlash‖ usuli. Ta‘lim oluvchilarning o‘z bilimi,
jismoniy, ruhiy tayyorgarlik darajasini tanqidiy o‘lchovlar, fikrlar
orqali yеchish, bahs, munozaraga to‘g‘ri ishtirok etish ko‘nikmasini
hosil qiladigan usul. Bu usul o‘quvchi-talabalarga o‘zgalar fikrini
tinglash, o‘z fikrlari bilan taqqoslash, muloqot olib borish,
yеchimlarni to‘g‘ri topishga yo‘l ochib bеradi va ularda analitik
fikrlash, to‘g‘ri hukm chiqarish qobiliyatini rivojlantirishga yordam
bеradi. Bu usul yordamida talabalar o‘z fikrlarini erkin bayon etib,
fikrlarini oydinlashtirish, ilmiy-amaliy asoslash, o‘zgalar fikrlarini
- 32 -
o‘rganish, o‘z fikrlarini tahlil qilish to‘g‘ri xulosa chiqarish va aniq
natijani qabul qilishga o‘rganadilar.