46
va mustaqil amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlar haqidagi bilimlarni o‘zida aks
ettiradi. Ushbu tadqiqotlarda ta’lim sohasida qo‘llaniladigan fan metodlari haqidagi
bilimlar konkretlashtiriladi. Mazkur tadqiqotlarning vazifasi – pedagogik fanlarni
amaliyot bilan aloqadorlikda rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari, pedagogik
tadqiqotlar samaradorligi va sifatini oshirish tamoyillari, pedagogika
qo‘llaniladigan tushunchalar va metodlarni tahlil etishni aniqlashtirishdan iborat.
Metodologik bilimlar amaliy pedagogik faoliyat qonuniyatlari va tashkiliy
tizimlarini aniqlashda o‘ziga xos vazifalariga ega bo‘lgan maxsus-ilmiy
tadqiqotlarni o‘tkazish uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida bayon etilgan pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning
ikki turi bir
tomondan metodologik, ikkinchi tomonidan maxsus-ilmiy tahlilga tegishli ekanligi
haqida gapirish imkonini beradi. Ular turli obyekt va yo‘nalishlarga ega va
muammo doirasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Maxsus-ilmiy tadqiqotlar (masalan, ta’lim va tarbiya qonuniyatlari) bevosita
pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan, o‘z navbatida mazkur voqelikni ilmiy aks
ettiruvchi – metodologik tadqiqot sifatida ham qaraladi (ta’lim amaliyotini ilmiy
asoslash usullari). Mazkur farq metodologik tadqiqot jarayonida uni nazariyada aks
ettirishning samarali usullari va nihoyasida mazkur nazariyani amaliyotga ta’sirini
kuchaytirish maqsadida pedagogik faoliyatga murojaat qilish zarurati yuzaga
chiqadi. Masalan, o‘qitishni ilmiy asoslash usullarini tadqiq etishda ta’lim
metodlari haqidagi tasavvurlar turli metodlarni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq
masalalar yuzaga keladi. Aynan amaliyotdagi kamchiliklar
olimlarni fanga, ilmiy
bilishdagi bo‘shliqlarga murojaat qilishni, keyin ushbu kamchilik va
bo‘shliqlarning yuzaga kelish sabablarini metodologik tahlil qilishga murojaat
qilishga majbur qiladi. Amaliyot uchun pedagogikada qo‘llaniladigan
tushunchalarni tartibga solish, kompleks tadqiqotlarni samarali tashkil etish uchun
pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqdorligi mexanizmini o‘rganish katta
ahamiyatga ega.
Metodologik tadqiqot aynan tadqiqiy tavsifga ega bo‘lishi lozim, ya’ni
istalgan ilmiy tadqiqotga qo‘yiladigan talablar to‘liq bajarilishi lozim,
umumiy
47
mulohaza va konspektiv xarakterga ega bo‘lib qolmasligi zarur. Pedagogika
sohasida konkret metodologik tadqiqot xususiy maxsus predmetiga ega va u yoki
bu fan bo‘limlari holati, amaliyot uchun yo‘naltirilgan normativ materiallarni
asoslash xarakteri va sifati, pedagogik konsepsiyalarni ishlab chiqish va ularni
amaliyotga joriy etish dalillarida aks etuvchi empirik materiallarga tayanadi.
Empirik tavsifdagi (metodologik empiriya) metodologik bilimlar ilmiy bilish
usullarini qo‘llash haqidagi tadqiqotchining fikr-mulohazalari, ya’ni metodologik
refleksiya natijasi sifatida aniq maxsus-ilmiy tadqiqotlar jarayonida ham
shakllanadi. Qachonki, u shu tarzda tanlangan obyekt bo‘yicha o‘z harakatini
kuzatib borsa, mazkur turdagi bilimlar metodologik ta’minot tarkibiga qo‘shilib
boradi. Ularning o‘ziga xosligi shundaki, maxsus rejalashtirilgan metodologik
ishlar hosilasi emas, boshqa (maxsus-ilmiy) obyektga maqsadli tadqiqot
mahsuli
garovi sifatida namoyon bo‘ladi. Empirik bilimlar obyektga bog‘langan bo‘lib,
shuning uchun umumiy tavsifga ega bo‘lmaydi. Ularni qo‘llash mazkur tadqiqot
vazifalari bilan cheklanadi.
Masalan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish yo‘llarini ishlab
chiqish jarayonida asoslovchi tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish natijasida olingan
tadqiqotchining shaxsiy tajribasi boshqa, masalan o‘quv materiallarini
strukturalashtirish muammosi bilan shug‘ullanayotgan kishi uchun qo‘l
kelishi
ehtimoldan yiroq. Hech iloji bo‘lmaganda, tizimli yondashuvda qo‘llaniladigan
modellashtirish, ideal obyektlarni kosntruksiyalash kabi ilmiy metodlarga taalluqli
metodologik orientirlarga tayaniladi.
Metodologiya sohasi va maxsus-ilmiy sohani bir-biridan farqlash zarur:
metodologik tahlil obyekti va maxsus-ilmiy obyekt tahlil, metodologik
muammolar va maxsus-ilmiy muammolar, metodologik va maxsus-ilmiy
tadqiqotlar. Metodologik faoliyat sohasida maxsus-ilmiy tadqiqotlar ta’minotini
metodologik tadqiqotnikidan farqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: