23
manfaatlar, uning madaniy borlig‘ining xilma-xilligini hisobga olgan holda har bir
alohida shaxsning genetik imkoniyatlari rivojlanish sharti sifatida individual ta’lim
traektoriyalarini tanlash imkonini yaratuvchi polifonik ta’lim tizimlarini
loyihalashtirishdir. Postmodernizm pozitsiyasidan ta’limning, u qanchalik ratsional
asoslanmasin, o‘zgarmas universal modelining mavjudligi imkoniyati inkor etiladi.
Ilmiy asoslanganlik va gumanitar ta’lim modellarini ishlab chiqishga
qaratilgan pedagogik tadqiqotlarning aksiologik doirasi quyidagi falsafiy
konsepsiyalar
ta’siri
ostida
shakllantirilgan:
ekzistensializm,
falsafiy
antropologiya
,
postmodernizm va boshqalar: inson yaxlitlik, aksiologik voqelik
sifatida; insonning hayoti va salomatligi qadriyat sifatida; har bir alohida shaxsning
ko‘p
qirraligini tan olish; subyektivlik qadriyat sifatida; inson rivoji qadriyat
sifatida; insondagi “individuallik”, “o‘ziga xoslikni” rivojlantirish qadriyat sifatida
(noyob individual genetik kod, individual mazmunga ega, individual hayot
mazmuni, ong va tushunchaning individual uslubi va boshqalar).
Pedagogika fanlari bo‘yicha yozilgan dissertatsiyalar
ekspertizasi shuni
ko‘rsatadiki: a) aniq-ilmiy tadqiqotlarning falsafiy asoslari ko‘pincha uni
loyihalashtirish yoki dissertatsiyani “rasmiylashtirish” bosqichida taqdim qilinadi;
b) falsafiy konsepsiya va yondashuvlar tadqiqotning nazariy, aksiologik va
normativ modellari bilan munosabat uyg‘unligida ochib berilmaydi, ba’zan esa
ular dissertant tomonidan “asoslangan” u yoki bu didaktik model bilan zid bo‘ladi;
v) pedagogik tadqiqotlar uchun falsafiy yondashuv, toifa va tushunchalarning
o‘zgartirishlarsiz qabul qilinishi xarakterlidir. Masalan, “falsafiy lug‘atlarda
“metodologiya” nazariy va amaliy faoliyatni tashkil
etish va amalga oshirish
usullari haqidagi ta’limot sifatida izohlanadi” tarzidagi fikr ko‘rinishida.
Metodologiyaning umumilmiy darajasiga quyidagilar kiradi: a) dunyoning
umumilmiy manzarasi aks etgan umumilmiy nazariya, konsepsiyalar (masalan,
mexanik yoki sinergetik); b) ideallashtirish, formallashtirish, modellashtirish kabi
umumilmiy tadbirlarni amalga oshirish, turli narsa-hodisalarni tadqiq qilishning
loyihalashtirish me’yorlari, ilmiy nazariyalarning asoslanganligi va tuzilishi hamda
tadqiqotning kategorial apparati bilan bog‘liq mantiq va fan metodologiyasi
24
sohasidagi tadqiqotlar natijasida shakllangan me’yoriy
bilimlar
,
shuningdek
tadqiqotlarning o‘zgarmas metodologik tavsifi: muammo, obyekt, predmet, faraz,
maqsad, vazifalar va boshqalar; v) umumilmiy tushunchalar: model, faraz, tizim,
tarkibiy qism va boshqalar; g) umumilmiy yondoshuvlar (kibernetik, tizimli,
sinergetik va boshqalar)
va
tadqiqot usullari (tizimli tahlil, tizimli modellashtirish,
«farazlarni aniqlashtirish» (K. Popper) va boshqalar).
Pedagogik tadqiqotlarning manbalari sifatida tizimli, texnologik va madaniy-
insonparvarlikka doir yondashuvlarga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.
Ilmiy adabiyotlarda “tizim” tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib,
ular orasida T.I.SHamova, T.M.Davыdenko, R.Axliddinov, S.Turg‘unov,
N.Muslimovlar tomonidan mazkur tushunchaga berilgan izohlar zamonaviy
metodologik yondashuvlarni o‘zida aks ettirganligi bilan tavsiflanadi.
Tizim – nafaqat o‘ziga xos xususiyatga ega tarkibiy qismlar, balki yangi
integrativ sifatlari bilan shartlangan o‘zaro harakatdagi obyektlar yig‘indisi. Tizim
o‘zida quyidagi belgilarni aks ettiradi: tuzilmaning, ya’ni
elementlar orasida aniq
aloqa va munosabatlarning mavjudligi; integrativ sifatning mavjudligi (tizimlilik);
maqsadga yo‘nalganlik; kommunikativ xususiyatlarning mavjudligi.
T.I.Shamovaning ta’kidlashicha, tizim – bu har birining alohidaligini inkor
etuvchi, yangi integrativ sifatga ega o‘zaro aloqador elementlarning maqsadga
qaratilgan yaxlitligi; tashqi muhit bilan bog‘langan yaxlitlik.
N.A.Muslimovning fikricha, tizim
(yunoncha systema – yaxlit, qismlardan
tarkib topgan, biriktirilgan) muayyan yaxlitlik, birlikni hosil qiluvchi, o‘zaro
ta’sirlashuv va bog‘liqlikda bo‘lgan ko‘plab elementlarni anglatadi. Tizim – tartibli
ravishda joylashgan va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan qismlar
birligini ifodalovchi
yaxlitlikdir. “Tizim” bu muayyan tahlitda tartibga keltirilgan elementlar to‘plami
bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holatda, muayyan yaxlit birlikni hosil qiladi.
“Tizim” tushunchasiga berilgan ta’riflardan kelib chiqqan holda, “tizimlilik”
tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila olishi,
tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining tizimli
25
qurilishga egaligi kabi holatlarni aks ettira olishi to‘g‘risidagi xulosaga kelish
mumkin.
Tizimli
yondashuv
–
ilmiy
bilish
hamda
ijtimoiy
amaliyot
metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning asosida obyektlarni tizim sifatida
qabul qilinishi yotadi. Bunda uning aloqalari
va vositalarining mazmun va
mohiyatiga ko‘ra obyektni bir butun, yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi.
Tadqiqot obyektini o‘rganishda alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha
qismlarga ajratib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari
aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Ilm-fan va ishlab chiqapishning jadal rivojlanishi jamiyatni iqticodiy
tapaqqiy ettirish bilan bir qatopda ijtimoiy munosabatlar mazmunida ham tub
o‘zgapishlapning po‘y berishiga zamin yapatmoqda. SHuningdek, iqtisodiy sohada
bo‘lgani singari ijtimoiy,
shu jumladan, ta’lim sohasida ham texnologik
yondashuvni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
“
Texnologiya” yunoncha co‘z bo‘lib, “techne” – mahopat, can’at va “logos” –
tyshyncha, ta’limot, fan ma’nocini anglatadi. “Ta’lim texnologiyaci” ibopacining
ma’noci – (inglizcha “An educational technology”) ta’lim japayonini yukcak
mahopat bilan can’at dapajacida tashkil etish to‘g‘picida ma’lymot bepyvchi fan,
ta’limot demakdip. Ayni vaqtda mazkyp tyshynchaning ta’pifi hamda yning
mohiyati bopacida yagona g‘oya mavjyd emac. By nazapiya mohiyatining
yopitilishiga nicbatan typli yondashyvlap mavjyd.
Do'stlaringiz bilan baham: