1.4. «Biznes marketingi» fanining ayrim muammolari va ularni
hal qilish yoMlari
Marketing kishilarning nisbatan yangi faoliyati bo‘lganligi tufayli,
uning oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan juda ko‘p vazifalar turibdi.
Marketing organlarining ishida parallelchilik, takrorlanuvchanlik va
mahalliylichilik kabi illatlar uchrab turadi. Marketing tuzilishidagi ko‘p
bo‘g‘inlilik, har bir tashkilotda o ‘z marketing bo‘limlarining paydo
boiishi yoki ularni umuman tashkil qilinmayotganligi sabablari
asoslanmagan, tahlil qilinmagan va yetarli darajada o'rganilmagan.
Hanuzgacha milliy iqtisodiyot, mamlakat miqiyosida marketingni to'liq
va har tomonlama boshqarib, koordinatsiya qiluvchi organ tuzilganicha
yo‘q. Ayrim vazirliklarda hali ham marketing boshqarmalari tuzilmagan.
Tashkil etilgan marketing bo‘limlari, guruhlarining tarkibiy tuzilishi
ba’zan bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalarda aksariyat hollarda
bir xil emas. Ulaming tarkibida ba’zan keraksiz va ortiqcha bo‘limchalar,
guruhchalar tashkil etilgan. Ularning nizomlari, funksiyalari ayrim
hollarda hamon ishlab chiqilmagan.
Marketingni rejalashtirish ishlari ham hanuzgacha yaxshi yo‘lga
qo‘yilmagan.
Yuqorida keltirilgan muammolami to‘g‘ri hal qilish uchun quyidagi
ishlar amalga oshirilmog‘i lozim:
— har bir biznes subyektlari (korxona, vazirlik va yuqori boshqaruv
organlari)da maxsus marketing bilan shug‘ullanuvchi boshqarma, bo‘lim
va guruhlami tashkil qilish;
— maxsus konsalting markazlari, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari,
institutlari tom onidan yaratilgan yangiliklar va ixtirolarni biznes
marketing amaliyotiga tezkorlik bilan qo'llash;
— maxsus professional kadrlar tayyorlash, ularning professionallik
darajasini doimiy oshirib turish ustida g‘amxo‘rlik qilish;
— kadrlarni moddiy va m a’naviy rag'batlantirish, ularni o ‘z ishlari
natijasidan manfaatdorlik darajasini oshirish;
— biznes marketing moddiy-texnika bazasini yuksaltirish, fan-texnika
taraqqiyoti natijalarini tezkorlik bilan joriy qilish va boshqalar.
Bu ishlarning natijasi esa, biznes marketingni mukammallashtirish,
uning yangi usul va turlarini izlab topish va amalga oshirishni, yuqoriroq
darajaga ko‘tarishdir. Bu borada ochiq va yopiq tizimlar marketingi
haqida fikr yuritmoqchimiz. Yopiq va ochiq tizimlar, jarayonlarni
almashuvi bilan farq qiladi. Ochiq tizim o ‘zaro jonli organizm kabi
moddiy, energetik, axborot resurslari bilan almashadilar. Aks holda,
ular inqirozga uchraydilar. Marketing biznesga nisbatan ochiq tizimlar
kategoriyasi bilan fikrlashar ekanmiz, bu biznes m arketingni
m u k am m allash tirish m arketing kelishuviga nisbatan bizning
munosabatlarimizga asoslanmog‘i, har qaysi yangi kelishuv barcha
xaridorlar, ishlab chiqaruvchi uchun manfaat, bizga esa qo‘shimcha
foyda keltirishi, tez o ‘zgaruvchan muhitda korxona moslashuvi yoki
o‘z ish faoliyatini to ‘xtatishidir.
Marketingni tashkil etishga boshqaruv apparatini mumkin qadar
soddalashtirish talabi qo‘yiladi. Ishchilar sonini kamaytirish, mehnat
unumdorligini oshirish, kompyuter texnikasi, EHMlarni qo‘llash bilan
hal etiladi.
Xodimlar apparatini soddalashtirish va qisqartirish biznes marketing
b o ‘yicha rivojlantirishni yaxshilash, hisob-kitobni soddalashtirish
operativ ishni yanada ratsional tashkil etish y o ii bilan ham hal etilishi
mumkin. Marketing apparati zamon talabiga tez javob bera oladigan
o ‘zgaruvchan va moslashuvchan, har bir yangi progressiv vakillikni
o ‘zida aks ettira oladigan bo‘lmog‘i lozim.
Biznes marketing xizmatlarini tarkiblari tuzulishida, birinchi o'rinda,
shu firma (korxona) tashkiliy tuzilishini milliy iqtisodiyot tarmog‘i (yoki
iqtisodiy hudud), ishlab chiqarish va qurilish hajmi e’tiborga olinadi.
Tovarlami iste’mol qiluvchi iste’molchilar miqdori hajmining ortishi
bilan yetkazib beruvchilar soni ham ortib boradi, kelayotgan
materiallami qabul qilish va qayta ishlashga mehnat sarfi ortadi.
Yirik boimagan korxonalarda, biznes sohalarida masalan, mustaqil
marketing bo'limi mavjud bo'lmasligi, bu vazifani boshqa boiimdagi
bir necha kishi bajarishi mumkin va, aksincha, yirik korxonalarda
(masalan, Toshkent aviatsiya zavodida va Toshkent traktor zavodida)
marketing masalalari bilan bir necha mustaqil bo‘limlar shug‘ullanadi.
Biznes marketing xizmatlarining tarkibi, shuningdek, ishlab chiqarish
xarakteriga bog‘liq bo'ladi. Ommaviy oqimli ishlab chiqarishda tovarlar
ishlab chiqariladi, materiallar esa, bir m e’yorda va nisbatan yirik
m iqdorlarda iste’mol qilinadi. Seriyali ishlab chiqarishda ishlab
chiqariladigan tovarlar va iste’mol qilinadigan moddiy resurslar
nomenklaturasini ular nisbiy miqdori kamayishi bilan ortadi. Bu narsa
tovarlar sotish va moddiy ta ’minot jarayonini murakkablashtiradi.
Individuval xarakterdagi ishlab chiqarish korxonalarida marketingni
tashkil etish bir muncha oson kechadi. Bu yerda tovarlami ishlab chiqarish
va sotish aksariyat hollarda yakka, maxsus buyurtmalar asosida amalga
oshiriladi. Demak, ishlab chiqarilgan tovarning xaridori aniq bo‘ladi.
Tovarlar nomenklaturasi va ularning sifatiga qo'yiladigan talablar
ortishi bilan bir qatorda biznes marketing xizmatlarining jarayoni
murakkablashadi. Radio-texnika sanoat korxonalari turli yuqori sifatli
tovarlar ishlab chiqarishadi va iste’mol qilishadi (lekin har biridan
kam miqdorda), bu narsa esa marketing faoliyatini murakkablashtiradi.
Biznes marketingni tashkil qilishga ta ’sir qiluvchi omillarga: tum an
va viloyatlarning regional xususiyatlari, tovar sotuvchi — yetkazib
beruvchilar va xaridorlarning hududiyjoylashuvi, yetkazib beruvchilar,
xaridorlarning yaqinligi, marketing — vositachi tashkilotlarining va
tra n sp o rt yo‘llarining mavjudligi kirib, bu narsalar m arketing
masalalarining hal etilishi va tarkibiy tuzilishini osonlashtiradi. Marketing
bo'limining tarkibi va shtati — hisobot yuritishning o ‘rnatilgan uslubi,
statistika va rejalashtirish, tovarni taqsim lash va sotish, ehtiyoj
hisobotlarini berish targ ‘ibotlari, fondlarini taqsim lash, davlat
buyurtmalariga bog'liq bo‘ladi.
Chet el amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, tashkil qilinadigan marketing
xizmatlarining tarkibi-am al qiluvchi tizim ning egiluvchanligini,
mustaqil va mustahkamligini ta ’minlashi kerak. Bu shartlar qarorlarini
tezkor qabul qilish, ulami amalga oshirish, boshqaruv xizmatlarining
tashkiliy tuzilishi va xususan, maqsadli ishchi guruhlarini shakllanishida
nazorat qilinishi kerak.
Biznes marketing xizmatlarining tashkiliy tarkibining tezkorligi,
e g ilu v c h a n lig i va m o s la n u v c h a n lig i a lo h id a b o 'l i n m a l a r
kompensatsiyasini, majburiyatlari, huquqlarining reglamentatsiyasi,
shuningdek, firma (korxona)ning uzoq muddatli marketing strategiyasi
bilan ta’minlanadi. Marketing xizmatlarining tashkiliy tuzilishida
firmaning umumiy boshqaruvi funksional xizmatlari bilan marketing
xizmatlari orasida to‘g‘ri va teskari (aks) aloqani ta’minlash muhimdir.
Odatda, tarkib sodda bo'lsa, muvofiqlashtiruvchi va markaziy boshqaruv
xizmatlari soni shuncha kam, boshqarish tizimi shunchalik mustahkam
va yutuqqa erishish ehtimoli ynqori bo‘ladi.
Tashkiliy tuzilishda tarkibning ishlab chiqariladigan tovar va
xizmatlar assortimentining o ‘ziga xosligini mos kelishi; tashkiliy tarkibni
sotish bozori qaytimi hajmi va ularning xarakteristikalariga mos kelish;
firma tashkiliy tarkibining bozorni segmentlashni chuqurlashtirishga
yo‘naltirilganligi, alohida iste’molchilar guruhiga differensiatsiyalashgan
yondashishni qo'llash hisobga olinadi. Bular masalalarni hal etishga
yordam beradi. Shunday sifat va tasnifli tovarlarni sotishni tezlashtirish
maqsadida natijaviy iste’molchilar guruhlari bo‘yicha xizmatlar
shakllanadi. Boshqaruv ishlab chiqarish boiimlarining bunday tashkil
etilishi maqsadli bozorlar bo‘yicha xizmatlar yaratishini ko‘zda tutadi.
Biznes marketing guruhlari yoki bo‘limlarining tashkiliy tuzilishi
shu kompaniya, firma, tashkilot yoki korxonaning joylashuvi, tabiiy
sharoiti, umuman olganda, o ‘sha joyning regional xususiyatlaridan
kelib chiqadi va ular bilan belgilanadi. Masalan, yirik sanoat markazida,
industrial shaharda joylashgan firma (korxona)ning marketing bo‘limi
shu yerning madaniy rivoji, aksariyat ishchilaridan iborat xodimlarning
ehtiyoji, fe’l-atvori kabi xususiyatlarini o‘zida aks ettirmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |