1.3. Biznes marketing muhiti
Bugungi kunda jahondagi iqtisodiy kuchlar orasida raqobat
kuchaymoqda. Bunday o ‘zgarishlar sharoitida kompaniya oltita asosiy
muhitiga e ’tibor qaratishi kerak: iqtisod, demografiya, tabiat, siyosat,
texnologiya va madaniyat.
Iqtisodiy muhit.
Iqtisodiyotdagi imkoniyat xaridorlarning daromadi,
baholar va kreditlarga bog‘liq. Marketolog iste’molchining daromadlari
va xarajat qilish istagiga katta e’tibor berishi kerak.
Juda past daromad darajasi.
Bunga asosiy izoh — milliy industrial
tuzilishdir. Milliy industrial tuzilishning to ‘rt turi mavjud.
1.
Iqtisodiyotning qashshoqligi. Bu odamlaming aksariyat qismini
oddiy qishloq xo'jaligiga jalb qilinishidir. Ular mahsulotning katta qismini
sotadilar, qolganini esa boshqa tovarlar va xizmatlarga ayirbosh (barter)
qiladilar. Bu marketologga katta imkoniyat bermaydi.
2. Xom ashyo eksporti. Bu iqtisodiyot elementlarini O'zbekistonda
ko‘rish mumkin. Bunda paxta yoki boshqa tabiiy resurslar yetkazib berish
bilan birga boshqa munosabatlarda kam zaxiralar mavjud. Foydaning
asosiy qismi shu mahsulotdan olinadi. Bu tarmoqlar yig‘ish-terish
uskunalari va ularga tegishli jihozlar borasida yaxshi bozordir.
3. Sanoatlashayotgan iqtisodiyot. Bunda ishlab chiqarish mamlakat
YalMning 10—20 %ni tashkil qiladi. Misol tariqasida 0 ‘zbekistonni
olamiz. Ishlab chiqarishni yuksalib borishi munosabati bilan mamlakat
eksportga ko‘proq xomashyo bilan bir qatorda, og‘ir mashina va
uskunalar chiqara boshladi va tayyor mahsulotlar, qog‘oz mahsulotlari
va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini kamroq import qila boshladi.
Aholining mulkchilikka munosabati o ‘zgara bordi. Uning tarkibida
mulkdorlar sinfi vujudga keldi.
4. Sanoatlashgan (industrial) iqtisodiyoti ishlab chiqarish tovarlari
va investitsiya fondlarining asosiy eksportchilar hisoblanadi. Ular ishlab
chiqarish tovarlarini xomashyo va yarimfabrikatlarga almashtiradilar,
eksport qiladilar.
Ikkinchi asosiy kuch — iste’molchilardir. Chunki aynan xaridorlar
bozomi yaratadilar. Sotuvchilar aholi soni o ‘sishidan va yosh, m a’lumot
darajasi, migratsiya kabilardan manfaatdordirlar. O'zbekistondagi
umumiy iqtisodiy vaziyat markazlashtirilgan taqsimlashdan erkin bozor
iqtisodiyotiga o‘tish bilan tavsiflanadi.
Har qanday jamiyatda aholi 5 ta m a’lumot guruhiga bo ‘linadi:
savodsizlar, tugallanmagan o ‘rta ma’lumotlilar (maktab m a’lumoti),
tugallangan o‘rta ma’lumotlilar (o‘rta maxsus m a’lumotlilar), oliy
ma’lumotlilar.
An’anaviy oila tarkibi odatda er, xotin va bolalarni, 0 ‘zbekistonda
esa bulaiga qo‘shimcha buva va buvini ham o‘z ichiga oladi. Bu guruhlardagi
o ‘zgarishlar samarasi faqat ommaviy bozorning bir ko‘rinishi xolos.
Bunday ko‘rinishlar ko‘pincha mikrobozorlarga xos bo‘lib, bu bozorlar
aholi yoshi, jinsi, axloqiy qarashlari, m a’lumoti, demografik holat,
hayotiy tajribasi va shu kabilar bilan farqlanadi. H ar bir guruh o ‘z
barqaror ehtiyojlariga va xarid tavsiflariga ega.
Tabiiy muhit sotuvchilar uchun kirish m a’lumotlari sifatida zarur,
yoki marketologlaming faoliyatiga ko‘maklashadi. Butun dunyo bo‘y-
lab ko‘p shaharlarda ekologiya va atrof-muhitning ifloslanishuvi aholi
salomatligiga katta xavf tug‘dirmoqda. Yirik konsernlar yerning ozon
qatlamini shikastlantirishda davom etmoqdalar. Bu, sayyoramiz uchun
katta tahdiddir. Mahsulot sotuvchilar tabiatdagi quyidagi tendensiyalar
haqida xabardor bo‘lishlari kerak:
— xomashyo yetishmasligi;
— tiklanmaydigan resurslarning tugab borayotganligi;
— tiklanadigan resurslarning tugayotganligi;
— energiya resurslarining ko'plab sarflanayotganligi;
Masalan, 0 ‘zbekistonda atrof-muhitning ifloslanishi darajasi ancha
yuqori. Birinchidan, 0 ‘zbekiston Orol dengizining quriyotganligidek
katta ekologik muammoga ega. Buning ustiga 0 ‘zbekistonda suv
zaxiralari juda kam. Bu esa iqtisodiyotda katta rol o ‘ynaydi. K o‘plab
shaharlar, masalan, Chirchiq, Farg‘ona, Navoiy kabilar katta kimyo
zavodlariga ega va bu yerlarda kimyoviy ifloslanish muam mosi
ko‘ndalang bo‘lib turibdi.
Texnologok vaziyat taqdirimizni belgilab beradigan eng dramatik
kuch bo‘lishi mumkin. 0 ‘zbekiston bo'yicha sanoat turli mintaqalarda
va korxonalarda texnologiya rivojlanganligining turli darajalaridadir.
0 ‘zbekistonda kompyuterlashtirilgan yuqori texnologiyalarga ega
zavodlar va kombinatlar bilan birga, 30 yil va undan ortiqroqqa eskirgan
uskunalar bilan jihozlangan korxonalar ham bor.
Erkin bozor iqtisodiyotining hatto eng liberal tarafdorlari ham
b a ’zi o ‘rinlarda boshqariladigan tizim zarur ekanligini tan oladilar.
Yaxshi yo‘lga qo'yilgan boshqarib turish raqobatni qo‘llab-quwatlashi,
tovarlar va xizmatlar bozorlarini sug'urta qilishi mumkin.
Madaniy muhit. Madaniy muhit asosan jamiyatdagi qadriyatlar,
m a’qul ko‘rishlar va xulq-atvorni aks ettiradigan muassasalar va boshqa
kuchlardan tashkil topgan. Odamlar ularning asosiy e’tiqodlari va
qadriyatlarini shakllantiradigan jamiyatda voyaga yetadilar. Ular o ‘zaro
munosabatlarda yuzaga keladigan dunyoqarashlarni o ‘zlariga singdira-
dilar. Ularning e ’tiqodlari va qadriyatlarining mohiyati intilishlar
darajalaridan iborat. Masalan, o‘zbeklar ish, nikoh, muruwat va halollik
kabilarga katta ahamiyat beradilar. Bu e’tiqodlar kundalik hayotda o ‘ziga
xos m unosabatlar va xulq-atvorni shakllantiradi. E’tiqodlar va
qadriyatlar mohiyati ota-onadan bolaga o‘tadi va maktablar, hukumat
tomonidan mustahkamlanib boradi.
0 ‘zbekistondagi madaniy muhit g'arbdagidan bir qadar farq qiladi.
0 ‘zbekistondagi asosiy m adaniy qadriyat — oila, o ta - o n a va
qarindoshlar, keksalarga hurmat, bolalarga muhabbat va diniy e ’tiqod
erkinligidir. Ishlash uchun asosiy motiv hayot kechirish uchun mablag4
iste’mol uchun moddiy ne’matlar yaratish zarurati va ayrim hollarda
ishga qiziqishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |