13 Mavzu. BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL ETISH
Reja:
1.
Boshqaruv mehnati: ta‟rifi, xususiyatlari, turlari.
2.
Axborot bilan ishlash.
3.
Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilishning qurollari.
1.1.
Boshqaruv mehnati: ta’rifi, xususiyatlari, turlari.
Har bir korxona va tashkilot menejeri o„z vazifasini bajarish jarayonida
jamoaning boshqa a‟zolari bilan munosabatda bo„lar ekan, ishbilarmon kishilar
o„rtasida mavjud axloqiy qoidalarga bo„ysunadi. Har bir jamoada xayrihohlik,
insonga xurmat muhiti mavjud bo„lishi kerak. Boshqaruv madaniyati sansalorlik,
mansabparastlik,
shavqatsizlik,
qo„pollikka ziddir. Boshqaruv tizimida,
shuningdek, davlat me‟yorlariga rioya qilmaslik, va‟dabozlik, faoliyatga noto„g„ri
baho berish va boshqa xususiyatlarga yo„l qo„yib bo„lmaydi. Amaliy faoliyatda
fandan foydalanish, mehnatga ijodiy yondashish, tadbirkorlik, javobgarlik,
tashabbus va mustaqillik, xo„jasizlikka, byurokratizm, qonun buzuvchilikka,
murosasizlik, vijdoniylik, kamtarlik va oddiylik boshqaruv xodimlari madaniyatini
ifodalaydi.
Boshqaruv xodimlari madaniyatini ta‟minlashning asosiy yo„llari -
boshqaruv ilmini chuquregallash, umumiy madaniy darajasi va malakasini
muntazam oshirib borish, o„z faoliyatinatijalarini taxlil etish va tushunish, ijobiy
shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdan iborat.
Boshqaruv madaniyati uchun boshqaruv jarayonini tashkil etish madaniyati
darajasi muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv jarayoni madaniyatiga rioya qilish
korxonada zamonaviy boshqaruv jarayoni qo„llanilishini bildiradi.
Boshqaruv jarayoni
madaniyati shuningdek, boshqaruv
mehnatini
(boshqaruv mehnatini maqbul taqsimlash, kooperatsiya qilish va chegaralash,
ishchilar sonini me‟yorlash, kadrlarni to„g„ri joylashtirish va ulardan foydalanish)
va ishlovchi ish joyini (ish joyi va binoning qulayligi, ularning sanitariya-tozalik
talablariga
javob
berishi),
maqbullashtirishsh,
majlislarni,
suxbatlarni,
tashrifchilarni qabul qilish, uchrashuv, telefon orqali so„rash, mehnatkashlar xatlari
bilan tanishishni to„g„ri tashkil etish va rasmiylashtirishni ham qamrab oladi.
Boshqaruv jarayonida turli-tuman texnika - oddiy kalkulyatordan tortib
murakkab EXMlargacha qo„llaniladi. Menejerlar bu texnika imkoniyatlari va
maqbul foydalanish sohalarini bilishlari lozim bo„lib, bu boshqaruv madaniyati
darajasini bildiradi.
Hokimlik turli ko„rinishlarda bo„lishi mumkin.
1. Majburlashga asoslangan hokimlik. U rahbarning bo„ysunuvchi hatti-
harakatiga ma‟lum bir jazolash (hayfsan, tahdid, bo„shatish va boqalar) yordamida
ta‟sir etishga kodirligi asosida shakllanadi. Hokimlikning bu shakli asosida
belgilangan namunadan chetlashganlik xolatida jazolanishdan xavfsirash yotadi.
2. Mukofotlashga asoslangan hokimlik. U ta‟sir etuvchi zarur ehtiyojlarni
kondirish yoki zavqlantirish imkoniyatiga ega bo„lishga asoslangan. Mukofotning
kutilayotgan darajasiga karab, bo„ysunuvchi topshiriqni bajarishga o„z kuchini
sarflaydi.
3. Ekspert hokimlik. Ijrochi ta‟sir etuvchi ehtiyojni qondirishga imkon
beruvchi maxsus bilimlarga egaligiga ishonadi.
4. Etalon hokimlik (namuna hokimligi rahbarning o„ziga xos shaxsiy
sifatlarini tan olinishi sababli) rahbarning bo„ysunuvchiga ta‟sir etish qobiliyati
bilan aniqlanadi.
5. Qonuniy yoki an‟anaviy hokimlik singgan madaniy qiymatliklarga
asoslanadi va hokimlikning kengtarqalgan shakllaridan biri sanaladi. Barcha
rahbarlar hokimiyatning mazkur shaklini ma‟lum darajada qo„llaydi.
Bunda ularga boshqa odamlarni boshqarish vakolati berilgan. Qonuniy
hokimlik bo„ysunuvchi rahbar ko„rsatmalariga faqat tashkiliy pog„onaning
yuqoriroq darajasida turgani uchungina bo„ysungan vaqtda haqiqiy bo„ladi.
Tadqiqotlar
ko„rsatishicha,
majburlashga
asoslangan
hokimlik
qo„llanilayotgan tashkilotlar yuqori bo„lmagan mehnat unumdorligi va mahsulot
sifatining pastroqligi bilan tavsiflanadi.
Harizmatik shaxslarning ba‟zi xususiyatlari:
energiya bilan ayirboshlash. Bu shaxslar energiya nurlarini tarqatadi va u bilan
atrofdagilarni ta‟minlaydi, degan tasavvur tug„diradi;
ta‟sirchan qiyofa. Harizmatik yo„lboshchi chiroyli bo„lishi shart emas, biroq u
jozibali, yaxshi qomatga ega va o„zini yaxshi tutadi;
mustaqil harakter. O„z muvaffaqiyati va hurmatiga intilishda bu odamlar
boshqalarga suyanmaydi;
yaxshi notiqlik qobiliyati. Ularda gapirish va shaxsiy munozaraga kirish
qobiliyati bor;
o„z shaxsidan zavqlanish qobiliyati. Ular o„zlarini qulay his qiladilar, boshqalar
ulardan zavqlanganda ular mag„rurlik yoki xudbinlik qilmaydilar;
o„zini munosib va dadil tutish odati. Ular o„zini yig„ib olgan va vaziyatni
egallagandek ko„rinadilar.
Xodimlar faoliyatiga ta‟sir ko„rsatishga imkon beruvchi keyingi vosita
yo„lboshchilik hisoblanadi. Yo„lboshchilikni u yoki boshqa maqsadlarga erishish
uchun insonni boshqa odamga yoki odamlar guruhiga ongli ta‟sir ko„rsatishga
urinish jarayoni sifatida aniqlash mumkin. Yo„lboshchilikning ta‟rifi oltita
tushuncha ko„rinishida tavsiflanadi:
Birinchidan, yo„lboshchilik jarayon sifatida ko„rib chiqiladi. U faol jarayon.
Yo„lboshchilik rahbarlik harakati hisoblanadi.
Ikkinchidan, yo„lboshchilik odamlar o„rtasidagi o„zaro aloqaga asoslanadi.
Yo„lboshchilik xususiyatiga ega bo„lgan odamlar yo„lboshchilik predmeti
hisoblanadi. Yo„lboshchi inson bo„lishi mumkin, biroq tashkilot emas.
Uchinchidan, yo„lboshchilik xususiyatlarini har kim, masalan bosh menejer
kabi, o„z bo„limida mijozlarga xizmat ko„rsatishni yaxshiroq tashkil etishning
tasavvuriga ega bo„lgan oddiy hamshira ham ko„rsatishi mumkin. Yo„lboshchilik
yo„lboshchilik ob‟ekti deb ataluvchn odamlar yoki odamlar guruhiga nisbatan
aytiladi. Ta‟rif bo„yicha yo„lboshchilikning maqsadi boshqa odamlar hatti-
harakatini o„zgartirishdan iborat.
To„rtinchidan, yo„lboshchilik jarayon sifatida ta‟sir ko„rsatishni ifodalaydi.
Yo„lboshchi boshqa odamlarga uchta usul bilan ta‟sir ko„rsatishga urinadi. Avvalo,
u boshka odamlarning fikrlashiga ta‟sir ko„rsatadi, bu aqliy ta‟sir. Yo„lboshchilik
odamlar fikriga ta‟sir ko„rsatishga mo„ljallangan. Inson hatti-harakatini o„zgartirish
uchun, avvalo uning fikrlash tarzini o„zgartirish zarur. Ta‟sir ko„rsatishning bu turi
tashkilotlarda keng tarkalgan. Biz boshqalarni o„z qarashlarimizni qabul qilishga
majbur qilishni xoxlaymiz hamda buni ogzaki va yozma munosabat orqali amalga
oshiramiz. O„z navbatida, biz boshka odamlarga aqliy ta‟sir ko„rsatishning ob‟ekti
hisoblanamiz. Bundan tashqari, yo„lboshchilik jarayoni doirasida ta‟sir ko„rsatish
nishoni tuyg„u va ishonch bo„lishi mumkin. Ko„pincha jo„shqin ta‟sir ko„rsatish
eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi.
Insonga o„z karashlari va tuyg„ularini o„zgartirishga majbur qilishga
nisbatan yangi fikrlarni anglashga yordam berish osonroq.. Nihoyat, yo„lboshchilik
maqsadi faoliyatni o„zgartirish hisoblanadi. Io„lboshchi odamlarga qarama-
karshilik ko„rsatadigan nimanidir qilishlari uchun ta‟sir ko„rsatishni bilishi lozim.
Ta‟sir ko„rsatish ob‟ektiunga yuklatilgan ishni bajarishdan bosh tortishi mumkin
yoki unga muvofiq ta‟sir ko„rsatilmagunga qadar, o„zini ma‟lum tarzda tutadi.
Beshinchidan, yo„lboshchilik ma‟lum bir maqsadga qaratilgan jarayondir.
Bunda yo„lboshchi oldiga qo„ygan qandaydir maqsadga erishish uchun boshqa
odamlarga ta‟sir ko„rsatishga doimo yo„naltirilgan yo„lboshchilik jarayoni nazarda
tutiladi. Albatta, agar rahbar va bo„ysunuvchining maqsadlari mos kelsa,
bo„ysunuvchi hatti-harakatining ma‟lum turi ko„rinishida istalgan natijaga erishish
osonroq.
Oltinchidan, yo„lboshchilik atayin amalga oshiriladigan jarayondir. Hech
qanday ta‟sirsiz belgilangan hatti-harakatni «boshqalar» tomonidan qabul qilinishi
tasodif emas, balki yo„lboshchining ongli ravishda boshqalarga ta‟sir ko„rsatishga
urinishidir.
Rahbarlarning bo„ysunuvchilarga ta‟sir ko„rsatishi qanday yuz berishini
ko„rsatuvchi yo„lboshchilikning juda ko„p modellari mavjud. Biz sizga «vaziyatli
yo„lboshchilik» deb ataluvchi Xershi i Blankard (R. Nersey, K. Vlanchard,
Management and ogganizational behaviour) tomonidan ishlab chiqilgan modelni
taqdim etishga qaror qildik.
Vaziyatli yo„lboshchilik:
- yo„lboshchilikning vaziyatga moslangan modeli. U rahbarlikning vaziyatga
bog„liq eng mos keluvchi yo„lini tanlashni ko„zda tutadi. Tadqiqotlar barcha
vaziyatlarda ideal hisoblanuvchi yo„lboshchilik usuli mavjud emasligini
tasdiqlaydi. Aksincha, hatti-harakatning eng mukammal turi muayyan vaziyatga
eng ko„p mos keluvchi va ergashuvchilarning «tayyorlik darajasi» hisobga olinadi.
«Tayyorlik darajasi» deb, ergashuvchilarda topshiriqni bajarish uchun zarur
xususiyatlarning mavjudligiga aytiladi.Ergashuvchilarning topshiriqni bajarishga
tayyorligi
Bo„ysunuvchilarning topshiriqni bajarishga tayyorligi to„rtta darajaga
ajratiladi: R1 (tayyorlik va istakning yo„qligi)dan R4 (tayyorlik va ishonch)gacha.
Tayyorlik darajasi guruh yoki jamoaning faoliyatningqandaydir turida qatnashish
istagi va imkoniyatida ifodalanadi. Ko„p hollarda rahbarlar turli xodimlarni
boshqarishda turli yondashuvlarni ongsiz ravishda qo„llaydilar. Bu yondashuvlar
yo„lboshchilik
usullari
deb
ataladi.Yo„lboshchilik
usulini
yo„lboshchi
bo„ysunuvchilarning fikri, hissiyoti, istagi va harakatiga ta‟sir ko„rsatish uchun
qo„llaydigan xatti-harakat uslubi sifatida aniqlash mumkin. Rahbarlikdagi
ko„rsatma berish darajasi va yo„lboshchi bo„ysunuvchilarga ko„rsatadigan yordami
ko„rsatkichlari bilan aniqlanuvchi yo„lboshchilikning to„rtta asosiy usuli ajratiladi:
Yo„lboshchilikning to„rtta asosiy usuli:
S1- kuchli usul: ko„rsatma berish, zaif o„zaro ta‟sir, yo„lboshchi o„qitadi va
boshqaradi;
S2- ishontirish usuli: ko„rsatma berish, faol o„zaro ta‟sir, yo„lboshchi murabbiy va
ustoz sifatida qatnashadi;
S3- hamkorlik usuli: tashabbusni rag„batlantirish, zaif o„zaro ta‟sir, yo„lboshchi
bo„ys) nuvchini rag„batlantiradi;
S4- vakolatlarni berish usuli: tashabbusni rag„batlantirish, zaif o„zaro ta‟sir,
yo„lboshchi majburiyatni beradi.
Bo„ysunuvchilarning tayyorlik darajasi muayyan hollarga bog„liq bo„lgani
sababli turli vaziyatlarda yo„lboshchilikning turli usullarini qo„llash kerak.
Agar inson yoki jamoa R1 tayyorlik darajasini namoyon qilsa, yo„lboshchi
aniq ko„rsatmalar berishi va topshiriq bajarilishini diqqat bilan kuzatishi lozim. Bu
ko„rsatma berishning yuqori darajasi va zaif o„zaro ta‟sir bilan ajralib turuvchi S1
usul.
Bo„ysunuvchilarda topshiriqni bajarishga istak bo„lib, zarur ko„nikmalar
bo„lmasa, ya‟ni R2 tayyorlik darajasi bo„lsa, yo„lboshchi rahbarlikni amalga
oshirishni davom ettirishi zarur, chunki xodimlarning topshirilgan ishlarni
bajarishga zarur bo„lgan ko„nikmalarni rivojlantirishi kutiladi. Ular rahbarlikka
oson ko„nadilar. Bu vaziyatga mos keladigan yo„lboshchilik usuli S2dir, ya‟ni
o„zaro ta‟sir yuqori darajali rahbarlikning ko„rsatmalar berish turi. Yo„lboshchi
rahbarlikni amalga oshirishni davom ettirishi sababli u ishontirish usuli deb ataladi.
Bo„ysunuvchilar tomonidan zarur ko„nikmalar olingandan so„ng, ularning
tayyorligi RZ darajaga o„tadi. Bu ularning ishni bajarishga qobiliyati borligini,
biroq istak yoki o„z kuchiga ishonch yo„kligini bildiradi. Yo„lboshchi o„zining
rahbarlik usuliga mos o„zgartirishlar kiritishi lozim. Ishonch bo„lmasa,
bo„ysinuvchilarga yo„lboshchi tomonidan katta yordam kerak bo„lishi mumkin.
Agar ularda ishni bajarishga istak yo„q bo„lsa, ularga qarorlarni qabul qilish
jarayonida ishtirok etish imkoniyatini berish zarur. Biroq, bu holda aniq
ko„rsatmalarga zarurat deyarli yo„q, chunki bo„ysinuvchilar ishni bajarishga qodir
bo„ladilar. Yo„lboshchilikning bu usuli (S3) “hamkorlik” nomi bilan ham ma‟lum,
chunki unga rahbar va bo„ysinuvchilarning ikki yoqlama aloqalari xosdir.
Avval aytib o„tganimizdek, qiziqish darajasi yuqori bo„lgan, o„z
majburiyatlarini bajarishga qodir va tayyor xizmatchilar ishni rahbar tomonidan
nazorat eng kam bo„lganda bajarishi mumkin. Tayyorlikning R4 darajasi
xodimlarning tashkilot vazifalariga sodiqligi, ularning ishni bajarish uchun talab
etiladigan ko„nikmalarga egaligi va qiziqishning ancha yuqori darajasini bildiradi.
Xizmatchilarga o„z majburiyatlarini bajarishda deyarli hech qanday nazoratsiz
erkinlik berilganligi sababli S4 yo„lboshchilik usuli vakolatlarni berish usuli deb
ataladi. SHunga qaramay, ishchilar rahbarga o„z muvaffakiyatlari haqida hisobot
berishi va o„z lavozimi uchun belgilangan koidalar doirasida ish yuritishi lozim.
Butun dunyo rahbarlari tomonidan keng qo„llaniladigan yo„lboshchilik usuli
- S2.
Yo„lboshchining vaziyatga moslashishga qodirligi asosiy usuldan ko„ra
muhimroqdir. Yo„lboshchi vaziyat talab etganda boshqa usulni qabul qilishga
qodir bo„lsa, deyarli har qanday usulni asosiy usul sifatidaqabul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |