34
Termoreaktiv kompozitsion materiallar ko‘pincha sochiluvchan holatda bo‘ladi.
Ulardan bu
holatda foydalanish ancha noqulaylikka olib keladi. SHuning uchun ular
oldindan zichlab tabletka
holiga keltiriladi. Bu jarayon ftoroplastlar uchun ham qo‘llaniladi.
Tabletkalash maxsus gidravlik (avtomatlashtirilgan) presslarda bajariladi.
Xona haroratida
press-kukunlari ma’lum o‘lcham va shakldagi, havodan ozod bo‘lgan jipslashgan massaga aylanadi.
Tolasimon press materiallardan shnekli agregat orqali ma’lum shaklga (arqon holatidagi) ega bo‘lgan
tabletka olish mumkin.
Tabletkalash pressporoshoklarning sochilib yo‘qolishini kamaytiradi. Tabletkalar tezroq isiydi,
issiqlikning atrof muhitga tarqalishi kamayadi va o‘lchab berish osonlashadi. Natijada presslash usuli
bilan olingan buyumni umumiy vaqti (sikl pressovaniya) kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: