9-mavzu. Portret janrida tasviriy san’at asarlarini ishlashning spetsifek xususiyatlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana11.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#444451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MARUZA

3.
 
Leonardo da Vinchining insoniyat tarixiga kiritgan yutuqlari. 


 
Jahon madaniyati, san‘ati va ilm-fani tarixida Leonardo da Vinchi nafaqat 
Uyg‗onish davrining buyuk rassomi, haykaltaroshi, me‘mori, balki iste‘dodli 
ixtirochi muhandis, matematik, anatom sifatida ham yorqin iz qoldirgan 
Rassomning bu qadar tez kamol topishida uning tabiatga, atrof muhitdagi 
voqea va hodisalarga nisbatan o‗ta sinchkovligi sabab bo‗ldi. U yoshligidan 
boshlab xotira daftari tutib, unda uylar va ko‗chalar, qir-adirlar va bog‗lar, gullar 
va daraxtlar, go‗zal qizlarning yuz tuzilishi, yuzini yuvayotgan mushuk, otning 
tuyoqlari, matoning buklamalari kabi detallarni sinchkovlik va sabot bilan tasvirlab 
bordi. Undan o‗z hayoti davomida bitilgan 7 ming sahifaga yaqin xotira daftari 
qolgan. Uning qo‗lyozmalari orasida uchish apparatlari, parashyut, suv osti kemasi, 
avtomat to‗quv stanogi kabi ajoyib narsalarning loyihalarini topdilar. Bir necha yuz 
yillardan so‗ng bularning barchasi qaytadan ixtiro etildi. Samolyot paydo 


bo‗lmasdan yuz yillar avval Leonardo da Vinchi qushni eslatuvchi uchish 
apparatini yaratdi. 
Leonardoning olamni anglashga bo‗lgan qiziqishi uning o‗z davridan ancha 
ilgarilab ketishiga sabab bo‗ldi. Uning mexanika va boshqa bir qator sohalarda 
amalga oshirgan kashfiyotlari xuddi betakror asarlari kabi yuksak e'tirofga 
loyiqdir. Qizig‗i shundaki, uning faqat bir kashfiyotigina hayotlik chog‗ida to‗la 
ma'noda tan olingan va amaliyotga tatbiq etilgan ekan. Leonardoning hayot yo‗li 
qiyinchiliklar, inqirozlarga to‗liq. Uning o‗nlab kashfiyotlaridan olimning tavallud 
sanasidan 555 yil o‗tib ham foydalanib kelinayotgani esa ana shu zahmatlarning 
mevasidir. 
Tan olingan yagona kashfiyot 
Yuqorida aytilganidek, olimning faqat birgina kashfiyoti uning hayotlik 
chog‗ida tan olingan. Bu - to‗pponcha uchun chaqmoq zatvor. Avvaliga bu 
mexanizmning qo‗llanish doirasi juda tor edi, lekin XVI asr o‗rtalariga kelib, u 
zodagonlar, ayniqsa, suvoriylar orasida juda ommalashib ketdi. To‗pponcha uchun 
mo‗ljallangan chaqmoq zatvor shu darajada mukammal ediki, hatto uni XIX asrda 
ham uchratish mumkin bo‗lgan. 
Lekin ulug‗larning buyuk ishlari ba'zan ular vafotidan so‗ng o‗z e'tirofini 
topadi. Da Vinchining ko‗plab kashfiyotlariga qo‗shimchalar kiritilib, 
takomillashtirildi. Hozir esa ularning aksariyatidan kundalik hayotimizda, bunga 
Leonardo da Vinchi chizmalari asos bo‗lganligini xayolimizga ham keltirmay, 
foydalanamiz. 
Konditsioner besh asrlik tarixga ega. Masalan, Leonardo da Vinchi havoni 
siqib, uni quvurlarga haydovchi qurilma yaratgan. Mazkur kashfiyotning qo‗llanish 
doirasi juda katta: pechlarni qizdirishdan tortib, xona ventilyatsiyasigacha. 
G‗avvoslar kiyimining birinchi ko‗rinishi 
Leonardo - insonning suv ostida uzoq muddat qolishi imkoniyatlarini 
o‗rgangan birinchi olim emasdi. Masalan, Leon Battista Alberti Nemi ko‗li 
tubidagi ayrim Rim kemalarini yuzaga olib chiqishni rejalashtirgan. Leonardo esa 
quruq rejalardan ancha o‗zib ketdi. U suv o‗tmaydigan teridan tayyorlanuvchi 


g‗avvoslik kiyimi loyihasini yaratgan. Mazkur kiyimda g‗avvosning suv yuzasiga 
chiqishini osonlashtiradigan, ichi havo bilan to‗ldirilgan katta ko‗krak cho‗ntagi 
bo‗lishi kerak edi. Leonardoning g‗avvosi nafas olish uchun egiluvchan naycha 
bilan ta'minlangandi. Mazkur naycha uning shlemini suv yuzasidagi suzuvchi 
qubba bilan bog‗lab turgan. 
Vertolyotning "bobokalon"i 
Ma'lumki, Leonardo da Vinchi, shuningdek, hozirgi vertolyotlarning 
"bobokalon"i chizmalarini ham ishlab chiqqan. Uning loyi­hasiga ko‗ra, parrak 
radiusi 4,8 metrni tashkil etishi kerak edi. U metall hoshiya va kanop surpdan 
qilingan qoplamaga ega bo‗ladi. Parrak o‗q atrofida aylangan va odamlar 
tomonidan harakatga keltiriladi. «O‗ylashimcha, agar bu parrakli mexanizm puxta 
tayyorlansa, ya'ni mato kraxmallangan (yirtilib ketmasligi uchun) bo‗lsa va tez 
aylantirilsa, u holda mashina havoda bemalol turib, balandlikka uchib chiqa oladi», 
- deb yozadi da Vinchi. 
O‗zi harakatlanadigan arava 
Leonardoning mashhur suratlaridan birida avtomobilning qadimgi ishlanmalari 
aks etgan. O‗zi harakatlanadigan arava murakkab arbalet mexanizmi yordamida 
oldinga siljishi lozim bo‗lgan. Bu mexanizm rulga birlashtirilgan qurilmalarga 
energiya yetkazib berishi ko‗zda tutilgan. Orqa g‗ildiraklar differentsiyalangan 
uzatmalarga ega bo‗lib, ular mustaqil ravishda harakatlana olgan. To‗rtinchi 
g‗ildirak rul bilan birlashtirilgan bo‗lib, uning yordamida aravani boshqarish 
mumkin edi. Dastlab mazkur transport vositasi qirollik saroyi ahlining vaqti 
chog‗ligi uchun mo‗ljallangan va o‗rta asrlar hamda Uyg‗onish davri muhandislari 
tomonidan yaratilgan o‗zi harakatlanuvchi boshqa mashinalar jumlasiga kiritilgan.
500 yil avval o‗ylangan ko‗prik 
Olimning ayrim kashfiyotlarini insoniyat endi-endi sinab ko‗rishga kirishdi: 
masalan, Norvegiyaning As shaharchasida 2001 yilda Leonardo da Vinchi loyihasi 
bo‗yicha 100 metrli piyodalar ko‗prigi bunyod etildi. Bu olim tomonidan 
yaratilgan so‗nggi besh yuz yil ichida amalga oshirilgan birinchi arxitektura 
loyi­hasi bo‗ldi. 


Leonardo da Vinchi bu inshootni turk sultoni uchun loyihalashtirgan edi. 
Ko‗prik Istanbuldagi Oltin Shox qo‗ltig‗idan o‗tishi ko‗zda tutilgan. Agar mazkur 
loyiha amalga oshganda u o‗z davrining eng uzun ko‗prigi bo‗lardi. Biroq 
Leonardo o‗z loyihasini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‗lmadi. Sulton 
Boyazid II florentsiyalik rassomning taklifidan voz kechdi.
Bu ko‗prik 8 metr balandlikda "Ye-18" avtotrassasi ustidan o‗tkazilgan bo‗lib, 
piyodalar o‗tish joyi sifatida xizmat qiladi. Uning qurilishida Leonardoning faqat 
bir talabi buzildi - ko‗prik 500 yil avvalgi loyihada ko‗rsatilganidek, toshdan emas, 
yog‗ochdan bunyod etildi. 
12 qo‗l uzunligiga teng parashyut 
Leonardo da Vinchining fikricha, «agar odamda pishiq matodan tayyorlangan, 
har bir tomoni 12 qo‗l uzunligiga teng, balandligi ham xuddi shunday soyabon 
bo‗lsa, u har qanday balandlikdan sakrashi va sog‗-omon qolishi mumkin». Uning 
o‗zi mazkur qurilmani sinovdan o‗tkazishga ulgurmadi. Lekin 2000 yil dekabr 
oyida Buyuk britaniyalik parashyutchi Adrian Nikolas Janubiy Afrikada Leonardo 
da Vinchi chizmalari asosida tayyorlangan xuddi o‗sha parashyut bilan havo 
sharidan sakrab ko‗rdi. 3 ming metr balandlikdan sakragan shovvoz barchasini 
muvaffaqiyatli amalga oshira oldi.
Qutqaruv chambaragi 
Suzishni o‗rganishda eng muhim narsa - qutqaruv chambaragidir. 
Leonardoning bu kashfiyoti deyarli o‗zgarishsiz qo‗llanilmoqda. 
Suzishni tezlashtiruvchi pardali qo‗lqoplar loyihasi olimning yana bir ajoyib 
topilmalaridan biridir. Ular bugungi kunda hammaga ma'lum lastlarga aylangan. 
Ekskovatorni ham-a? 
Ishonish qiyin, biroq ishchilar mehnatini yengillashtirish uchun Leonardo
ekskovatorni o‗ylab topgan. Ular qazib olingan materialni tepaga ko‗tarish va 
tashish vazifasini bajargan. Olimlarning fikricha, ekskovatorlar Arno daryosini 
ajratish loyihasi uchun kerak bo‗lgan.
O‗shanda kengligi 18 metr, uzunligi 6 metr bo‗lgan handaq qazilishi kerak edi. 
Kashfiyotchining shu ish uchun ishlagan rasmlaridan ko‗rish mumkinki, ko‗tarma 


kran o‗qlari 180 darajaga aylana olgan va kanalning butun kengligini egallagan. 
Ekskovator relslarga o‗rnatilgan bo‗lib, vaqti-vaqti bilan oldinga surib turilgan. 
Boshqarish mumkin bo‗lmagan kashfiyot 
2002 yilda Buyuk Britaniyada buyuk Leonardo da Vinchining yana bir 
kashfiyoti amalga oshirildi. Aniqroq aytadigan bo‗lsak, rassomning asl 
chizmalariga muvofiq yaratilgan deltaplanning sinovlari amalga oshirildi.
Deltaplanerizm bo‗yicha jahon chempioni Judi Liden sinovlarda da Vinchining 
«protodeltaplan»ini 10 metr balandlikka ko‗tarishga va bu balandlikni 17 soniya 
ushlab turishga muvaffaq bo‗ldi. Apparatning chindan ham ishlayotganini 
ko‗rsatish uchun shuning o‗zi kifoya edi. 
O‗rta asr deltaplani yuqoridan qush skeletini eslatadi. Ammo tan olish kerak, u 
hali mukammallikdan yiroq. «Uni boshqarishning deyarli iloji yo‗q edi. Men 
shamol qaysi tomonga essa, o‗sha tomonga uchardim va uni umuman 
bosh­qarolmasdim. Ehtimol, tarixda birinchi avtomobil sinovchisi ham o‗zini 
shunday his qilgandir», - deydi Judi. 
Insoniyat bugungi bilimlarini asrlar davomida quduqni igna bilan qazigandek 
to‗plagan. Har bir tsivilizatsiya binosining o‗z bun­yodkorlari bo‗lishi, tabiiy. Agar 
xuddi kinolarda bo‗lganidek, zamonlararo harakatlanishning imkoni bo‗lganda, 
Leonardo da Vinchi hayotidagi har bir kuzatish, u amalga oshirish uchun 
mashaqqat chekkan har bir kashfiyot, loyiha bugun insonlar hayotini qay darajada 
yengillashtirganini ko‗rib, bizga o‗sha tanish nim tabassumni hadya etgan bo‗lardi, 
balki. 
Lekin rassom – Leonardoning asarlariga anchagina baxtli taqdir nasib etdi. U 
yaratgan asarlardan uning zamondoshlari ham, ularning avlodlari ham 
zavqlanishgan. 
Leonardo da Vinchi hayotining oxirgi ikki o‗n yilligini darbadarlikda, joydan 
joyga ko‗chib yurib o‗tkazishga majbur bo‗ldi. Shu davrda yaratgan eng mashhur 
asari «Mona Liza» portretidir (bu asarni yana «Jokonda» deb ham atashadi). Unda 
shaharlik badavlat ayol biroz jilmaygan, xayolga cho‗mgan, g‗amginroq holatda 
tasvirlangan. Bu go‗zal qiyofaga qarab ayolning boy va murakkab ichki dunyosini, 


uning o‗tkir aqlini his etish mumkin. Mona Liza tabiat manzarasi fonida 
tasvirlangan. Olisdagi tog‗lar, osmon, daryo va daraxtlar – bularning hammasi 
yengilgina tuman bilan qoplangan. 
Darbadarlikda hayot kechirgan rassom umrining so‗nggi yillarini Fransiyada 
o‗tkazdi va Ambauza shahri yaqinida vafot etdi. 
Buyuk rassomning o‗lmas asarlari hamon kelajak avlodlarga zavq 
bag‗ishlamoqda. Rassom ijodiy merosini o‗rganishga bo‗lgan qiziqish bugun ham 
so‗ngan emas. Rassomning hech bo‗lmaganda birgina asarini tomosha qilish uchun 
kishilar soatlab navbat kutishadi. 


Xulosa 
Ushbu mavzu yuzasidan xulosa qilib shuni aytamanki, buyuk arxitektor, 
rassom, injener hayot yo‘linida erishgan yutuqlari, undan qolgan yodgorliklar 
mashhur va o‘lmas asarlarini hozirga qadar saqlanib qolganliklari haqida
ma‘lumotlarga ega bo‘ldim. Respublikamiz rassomlari ko‘pgina ko‘rgazmalarda 
faol ishtirok etib, san‘atimiz ta‘sirchanligining ortib borayotganini namoyish 
etdilar. Bizning rassomlarimiz ko‘pgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, 
natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to‘lib toshgan noz-
ne‘matlarini, manzara janrida esa, o‘lkamizning go‘zalligini va bepoyonligini, 
oddiy tabiat ko‘rinishidagi go‘zallikni to‘laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar.
Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me‘morchilikning 
nodir yodgorliklarini o‘z asarlarida ko‘rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning 
ilg‘or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. 
Bizning O‘zbekiston Vatanimiz ajoyib iste‘dodli rassom va haykaltaroshlarni 
etkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, 
Mannon Saidov, Damir Ro‘ziboev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir 
Jalolov, Alisher Mirzaev, Akmal Ikromjonov, Ne‘mat O‘akimov, Osimxon 
Vosixonov, Temur Sa‘dullaev, o‘ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. 
O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzaev rangtasvir ustasi xalqimiz an‘analariga, 
boy va sermazmun o‘tmish tasviriy san‘at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom 
o‘z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-
tabiat bag‘rida o‘zbekona an‘analarni, to‘ylarni, beg‘ubor o‘zbek bolalarini, lobar 
qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo‘ldi. 
Jumladan, ―Toshkent - tinchlik va do‘stlik shahri‖ triptixi, ―Bola xonada‖, 
―Intizorlik‖, ―Yosh oila haqida qo‘shiq‖ kabi o‘nlab asarlar moybo‘yoqda 
yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni 
e‘tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag‘ishlaydiki, undagi 
go‘zallik sirlari odamlarni ezgulikka etaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda 
xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko‘pgina xorijiy davlatlarda ham ma‘lum 
va mashhurdir. 



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish