) birinchi bosqich
– odamsimon antropoidlarning hayvoinot
olamidan ajralib chiqishi. Ular o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlab
tabiiy ashyolardan foydalanganlar, so‘ngra mehnat qurollari
yasashga o‘tganlar. Bularga misol qilib Janubiy Afrikada paydo
bo‘lgan avstralopiteklarni ko“rsatish mumkin. shu tariqa sodda
mehnat ko‘nikmalariga o‘rgangan dastalabki odamlar dunyoga
kelgan.
b
) ikkinchi bosqich
– mehnatning takomillasha borishi va ilk ibtidoiy
to‘daning vujudga kelishi bosqichi. Jamoaviy hayot rivojlana borib,
odamlar birgalikda tosh qurollari yasashga, olovdan foydalanishga,
ov qilishga o‘rganganlar. Jamoaviy turmush va mehnat tufayli odam
ongi rivojlangan, avval nutq, so‘ngra burro-burro qilib so‘zlovchi til
paydo bo‘lgan. Janubiy Old Osiyoda hamda Afrika qit’asida
pitekantrop va sinantrop odamlar paydo bo‘lgan, ulardan
paleantrop va neandertallar tarqalgan. Neandertal odamlar
manzilgohi Surhondaryoning Teshiktosh g‘oridan ham topilgan.
c)
Do'stlaringiz bilan baham: |