278
1.
moliya bozorining barcha segmentlarida
moliyaviy barqarorlikni
ta‘minlash (foiz stavkalari, moliya, kredit, investitsion va sug‗urta risklarini tartibga
solish);
2.
noinflyatsion iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash (pul massasi, valyuta kurslarini
tartibga solish, inflyatsiyani targetlash);
3.
tarmoqlararo va mamlakatlararo kapital (pul oqimlari) harakatini
ta‘minlash (to‗lov balansi, valyuta kursini tartibga solish);
4.
inqiroz oldi signallarini aniqlash va moliyaviy inqirozlardan oldindan
ogohlantirish;
5.
moliya bozorida halol va sog‗lom raqobat sharoitini yaratish;
6.
moliyaviy xizmat iste‘molchilarining moliyaviy manfaatlari va moliyaviy
vositachilar jalb qilgan pul mablag‗larini himoya qilish;
7.
ishtirokchilar manfaatlari yuzasidan moliya
bozori barcha sektorlarida
moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash;
8.
axborot ochiqligiga maksimal erishish.
Xalqaro moliya bozori, uning barcha segmentlari shuningdek, bozorlarni
birlashtiruvchi hosilaviy moliyaviy instrumentlar (derivativlar) o‗zida
bozor
munosabatlari fenomeni sifatida obyektiv ravishda o‗z-o‗zini tartibga solish va
tartibga solish obyekti hisoblanadi. Xalqaro moliya bozori yoki uning alohida
segmentlarini o‗z-o‗zini tartibga solishdagi umumiy maqsad moliyaviy
barqarorlikni ta‘minlashdan iboratdir.
Xalqaro moliya bozirini o‗z-o‗zini tartibga solishning
asosiy maqsadlarini
quyidagilarga ajratish mumkin
261
:
1.
moliyaviy risklarga aks ta‘sir;
2.
moliyaviy risklarni kamaytirish uchun kliring va moliyaviy resurslar
savdosi tizimi infratuzilmasini yaxshilash;
3.
xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarini o‗z-o‗zini tartibga solish hamda
tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari o‗rtasidagi optimal nisbatga
erishish.
Biroq, xalqaro moliya bozorining o‗z-o‗zini tartibga solish mexanizmi,
manfaatlarning
turli-tumanligi, ishtirokchilar tomonidan bozor kon‘yunkturasining
subyektiv baholanishi, axborotlar asimmetriyasi mavjudligi va boshqa sabablarga
ko‗ra bozor faoliyatiga pozitiv ta‘sir etish chegarasi mavjud.
AQShning Prinston universiteti tadqiqotchilari K.Raynxart va K.
Rogofflarning baholashiga ko‗ra, 1945-2008 yillar davomida dunyoda 97 marotaba
yirik bank inqirozlari sodir bo‗lgan
262
.
Bulardan eng muhimlari sifatida, 1907- yildagi sarosimani (paxta
narxini
tushishi boshlanishi, foiz stavkalarini o‗sishi va Nyu–Yorkdagi moliyaviy janjal
oqibatidagi AQShdagi keskin iqtisodiy pasayish), Birinchi jahon urushi (1914–
1918 yy.), Buyuk depressiya (1929–1933yy.), shuningdek, o‗tish
iqtisodiyoti
261
Grishina O.A., Zvonova Ye.A. Regulirovanie mirovogo finansovogo rinka: Teoriya, praktika, instrumenti.–
M.:INFRA – M, 2010. –116s.
262
Reinhart C.M., Rogoff K.S. Banking Crises: An Equal Opportunity Menace. [Elektronniy resurs]. –
Rejim dostupa: http://www.nber.org/papers/w14587. P. 61.