O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
“Moliyaviy natijalar va moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko’rsatgichlarning tahlili” mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: Korporativ bosqaruv 85-18 guruh
talabasi Azamatov Nurbek Oybek o’g’li
Ilmiy rahbar: Iqtisodiyot fanlar doktori
dotsent Xashimova Naima Abitovna
Kirish
|
|
I. BOB. Iqtisodiyotda moliyaviy ko’rsatkichlarning uslubiy asoslari.
|
5
|
1.1.
|
Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalar tahlili;
|
5
|
1.2.
|
Moliyaviy natijalarni shakllantirishda davlatning roli;
|
10
|
1.3.
|
Moliyaviy natijalarga tasir etuvchi omillar;
|
17
|
II BOB. O’zbekistonda moliyaviy ko’rsatkichlarining tahlili
|
22
|
2.1.
|
Iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlik tushunchasi;
|
22
|
2.2.
|
Xorijiy mamlakatlar moliya tizimining faoliyati;
|
24
|
2.3.
|
O’zbekistonnning iqtisodiy rivojlanishida moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish;
|
29
|
Xulosa
|
38
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
39
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotning hozirgi sharoitida korxonalarning faoliyatida asosiy ko’rsatkich ular faoliyatining moliyaviy natijasi – foyda hisoblanadi.Foyda miqdorining oshib borishi iqtisodiy subyektning moliyaviy barqarorligini oshirish, rentabillik ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga olib keladi.
Iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan izchil yangilash davrida iqtisodiyotda makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiy o’sishda yetakchi o’rin tutishi lozim bo’lgan ishlab chiqarish, soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari muammolarini hal etishga qaratildi. Ushbu vazifalarni bajarishda, xo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobi va hisobotlarni xalqaro standartlar talablariga muvofiq mukammaltirish masalalari bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom ettirib, bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jalikni bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotir.
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezidentimiz Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti.
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotini tashkil etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari foyda va rentabellik korxonalar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga aylanishiga olib keladi.
Xalq xo‘jalikni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarishlik tizimidan voz kechish, bozor munosabatlaridan keng foydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning moliyaviy holati bilan shug‘ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning tarkibini kengaytiradi
Kurs ishining obyekti. O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan banklar obyekt qilib olingan.
Kurs ishining predmeti. O’zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha moliyaviy tizimning o’rni kurs ishining predmeti bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Kurs ishining o’rganilish darajasiga keladigan bo’lsak, ushbu mavzu bo’yicha ko’plab olimlarilmiy izlanishlar olib borishgan. Shu jumladan G.S. Saidaxmedov, Q. Abduraxmonov, A. Vahobov kabi bir qancha iqtisodchi olimlar izlanish olib borishgan.
Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining asosiy maqsadi mamlakatimizda moliya tizimi va uni boshqarish tizimi faoliyatini rivojlantirishga keng yo’l ochish, tadbirkorlik va biznes faoliyatiga davlat mablag’larini va xorijiy investitsiyalarni yo’naltirish amaliyotini o’rganish va uni takomillashtirishga qaratilgan xulosa va takliflarni o’rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |