Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

 
6.6-jadval 
Fond indekslarini hisoblash usuli to„g„risida ma‟lumot 
Indekslar 
Mamlakat-
lar 
Tanlov 
joyi 
(birja) 
Hisob-kitob 
uchun 
qo„llaniladigan bazaviy 
usul 
Dow jones 
Indexes 
AQSh 
Nyu-York fond 
birjasi 
oddiy arifmetik o‗rtacha 
S&P 500 
Indexes 
AQSh 
Nyu-York fond 
birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
145
Mishkin, Frederik S.M71 Ekonomicheskaya teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovix rinkov, 7-e izdanie: Per. 
s angl. - M.: OOO "I.D. Vilyame", 2006. - 388 s: il. - Paral. tit. angl. 
146
V.I. Zorkaltsev, N.P. Sherstyankina. Klassifikatsiya metodov rascheta fondovix indeksov. Izvestiya IGEA. 2009. 
№ 6 (68) 19–20 st.


NYSE Indexes 
AQSh 
Nyu-York fond 
birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
Nasdaq 
Indexes 
AQSh 
Birjadan tashqari 
bozor 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
AMEX Major 
Market Indexes 
AQSh 
Amerika fond 
birjasi 
oddiy arifmetik o‗rtacha 
AMEX market 
value index 
AQSh 
Amerika fond 
birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
Russell Indexes 
AQSh 
Nyu-York, 
Amerika fond 
birjalari va 
birjadan tashqari 
bozor 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
Value Line 
Composite 
Index 
AQSh 
Nyu-York, 
Amerika fond 
birjalari va 
birjadan tashqari 
bozor 
o‗rtacha geometrik 
FTSE-30 
Buyuk 
britaniya 
London fond 
birjasi 
o‗rtacha geometrik 
FTSE-100 
Buyuk 
britaniya 
London fond 
birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
DAX Indexes 
Germaniya 
Frankfurt fond 
birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
CAC Indexes 
Frantsiya 
Parij birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
Nikkei 
Index 
Yaponiya 
Tokio fond birjasi 
oddiy arifmetik o‗rtacha 
Topix 
Index
Yaponiya 
Tokio fond birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
TSE 
Kanada 
Toronta birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
IPC 
Meksika 
Meksika fond 
birjasi 
tortilgan arifmetik 
o‗rtacha 
6.7-jadval 
Dow Jones sanoat indeksini (DJIA) tashkil etuvchi kompaniyalar 
№ 
Kompaniyalar 
Aktsiyani belgilanishi 
(Stock Symbol) 
1. 3M Co. 
MMM 
2. American Express Co. 
AXP 
3. AT&T 

4. Boeing Co. 
BA 
5. Caterpillar Inc. 
CAT 


156 
6. Chevron 
CVX 
7. Cisco Systems 
CSCO 
8. Coca-Cola Co. 
KO 
9. E.I. DuPont de Nemours 
DD 
10. Exxon Mobil Corp. 
XOM 
11. General Electric Co. 
GE 
12. Goldman Sachs 
GS 
13. Home Depot Inc. 
HD 
14. Intel Corp. 
INTC 
15. International Business Machines Corp. 
IBM 
16. Johnson & Johnson 
JNJ 
17. J.P. Morgan Chase & Co. 
JPM 
18. McDonald‘s Corp. 
MCD 
19. Merck & Co. Inc. 
MRK 
20. Microsoft Corp. 
MSFT 
21. Nike 
NKE 
22. Pfizer Inc. 
PFE 
23. Procter & Gamble Co. 
PG 
24. Travelers Corp. 
TRV 
25. United Health Group 
UNH 
26. United Technologies Corp. 
UTX 
27. Verizon Communications Inc. 
VZ 
28. Visa 

29. Walmart Stores Inc. 
WMT 
30. Walt Disney Co. 
DIS 
Tez-tez takrorlanadigan Dow Jones sanoat indeksi (DJIA)
 
30 ta yirik 
kompaniyalarning aktsiyalari samaradorligiga asoslangan.
Boshqa fond indekslari Standard & Poor s 500 Index, NASDAQ, va NYSE, 
turli guruhdagi aktsiyalar holatini tasniflashda juda muhim ahamiyat kasb etadi
147

 
147
Financial Markets and Institutions\Eighth Edition. Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins.311-312p.


6.5-rasm. Dow Jones sanoat indeksi, 1980-2013yy.
Manba: 
http://finance.yahoo.com/q/hp?s=%5EDJI&a=09&b=1&c=2007&d=03&e=13&f=2010 
Dou-Djons indeksining hisoblashning umumiy formulasi quyidagicha
ko‗rinishga ega. 
Bu yerda, J
spn
–n sanaga indeks; P
ni
– n sanaga i aktsiyaning joriy bahosi;
Q
ni
–n sanaga muomaladagi aktsiyalar soni; P(
n-1)i
– o‗tgan davrdagi i aktsiyaning 
joriy bahosi; Q(
n-1)i
–o‗tgan davrdagi muomaladagi aktsiyalar soni; J
spn-1
–o‗tgan 
davrdagi indeks. 
Aktsiyalar spliti (bo„linishi)
–avvaldan nazarda tutgan xolda aktsiyalar bozor 
qiymatini pasaytirish va oborotdagi aktsiyalar miqdorini proportsional ko‗payish 
yo‗li bilan qo‗shimcha investorlar jalb qilish usulidir.
Boshqacha aytganda, aktsiya miqdori va narhida o‗zgarish yuz berib, bozor 
kapitallashuvi o‗zgarishsiz qoladi.
Dou–Djons indekslarining ijobiy tomonlari, hisoblash formulasi soddaligi, 
aktsiyalar bahosidagi kuchli tebranishlarga, ayniqsa fond krizislariga tezda 
reaktsiya qilishi. Ushbu indekslarning kamchilik tomoni hisob-kitoblarda qabul 


158 
qilinadigan kompaniyalar soni kamligi (yetarli darajada bo‗lmagan tanlama), 
shuningdek, hisob-kitobning tortilmagan usuldaligi, eng qimmat aktsiyalar ta‘sir 
etadi,bunda eng arzon aktsiyalardagi o‗zgarishlar kam aks etadi, bitta aktsiya 
bahosi bo‗yicha kompaniya kapitallashuv hajmini aniqlashning imkoniyati yo‗q.
Bundan tashqari, oddiy o‗rtacha arifmetik usulda Yaponiyaning fond indeksi–
«Nikkei» (Nikkei–Nikkei Dow Jones Average) indeksi ham hisob-kitob qilinadi. 
Uni Tokio fond birjasi savdosida bo‗lgan 225 ta aktsiyalar bazasida aniqlanadi.
Fond indekslarini hisob-kitob qilishda qo‗llaniladigan usullardan yana biri 
o‗rtacha geometrik usul bo‗lib, ushbu usulda AQShdagi 1695 dona aktsiyalar 
kotirovkalari hisobga olinadigan Value Line Composite Average va Buyuk 
britaniyadagi 30 ta kompaniya aktsiyalari asosida aniqlanadigan «FT–30» 
indekslari hisoblanadi. O‗rtacha geometrik usulda indekslar quyidagi formula 
bo‗yicha hisoblanadi: 
Agar indeks 1 dan yuqori bo‗lsa bozordagi narx o‗sish tendensiyasiga ega, 
indeks ko‗rsatkichi qanchalik yuqori bo‗lsa, fond bozori tezlik bilan 
rivojlanayotganligini anglatadi. Agarda indeks ko‗rsatkichi 1 dan kam bo‗lsa, 
pasayotgan bozor, ya‘ni umumiy qilib olganda, kompaniyalar guruxi vakillari 
bo‗yicha fond bozoridagi baholar pasayishidan dalolat beradi. Indekslarni o‗rtacha 
geometrik usul bo‗yicha hisoblashdagi kamchilik bu kompaniya ko‗lami va 
aktsiyalar savdosi hajmi hisobga olinmasligidir. 
Indekslar hisoblashda qo‗llaniladigan kengroq tarqalgani bo‗lib, tortilgan 
o‗rtacha arifmetik hisoblash usuli hisoblanadi. Mazkur hisoblash usulida 
kompaniya va uni fond bozoridagi amalga oshiriladigan operatsiyalar ko‗lami 
hisobga olinadi. Odatda og‗irlik sifatida kompaniyaning bozor kapitallashuvi, ya‘ni 
aktsiyalarning bozor qiymati olinadi. Ushbu usul bo‗yicha juda keng tarqalgan 
indekslarni hisoblashda foydalaniladi.
AQShda tortilgan o‗rtacha arifmetik hisoblash usulida jamlovchi va tarmoq 
indekslari 
Standard & Poors 500 Index
, Nyu–York fond birjasi jamlovchi indeksi, 
NASDAQ indekslar tizimi, Amerika fond birjsa indeksi «Uilshir–5000» («Wilshire 
5000») va boshqalar hisob-kitob qilinadi.
Buyuk britaniyada ushbu usulda London fond birjasi vakillari «Financial 
Times» gazetasi i fond bozori professional ishtirokchilari tarkibiga kiritilgan 
maxsus komissiya tomonidan tanlab olinadigan 100 ta yirik kompaniyalar bo‗yicha 
hisoblandigan «FT–SE 100» indeksi; bozor kapitallashuvining 20 foizni tashkil 
etuvchi 250 ta o‗rtacha kompaniya bo‗yicha hisoblanadigan «FT–250» («FT–SE 
Mid 250») indeksi; «FT–100» va «FT–250» indekslarni birlashtiradigan «FT–350» 
indeksi.


Germaniyada 
tortilgan 
o‗rtacha 
arifmetik 
klassik 
indekslariga
«DAX»,shuningdek bu guruxga kiradigan boshqa indekslar:«CDAX»;
«DAX–100» kompozit indekslari. 
Frantsiyada mazkur usulda «SAS» asosiy fond indekslari guruhi, jumladan: 
frantsuz birjalari Jamiyati tomonidan 40 ta yirik emitent aktsiyalari bo‗yicha 
hisoblanadigan «SAS–40» va 250 ta kompaniya bo‗yicha aniqlanadigan («SAS 
General») bosh indeksi.
Yaponiyada savdosi Tokio fond birjasining birinchi sektsiyasida olib 
boriladigan barcha kompaniyalar aktsiyasi bo‗yicha hisob-kitob qilinadigan
TOPIX klassik indeksi tortilgan o‗rtacha arifmetik indeks hisoblanadi. Fond 
birjasining birinchi sektsiyasida aktsiyalar savdosini amalga oshiruvchi 1000 dan 
ortiq kompaniyalar mavjud bo‗lib, tortilgan o‗rtacha arifmetik usulda hisoblash 
chiqarilgan aktsiyalar bo‗yicha o‗tkaziladi.
Tortilgan o‗rtacha arifmetik usuli bo‗yicha indeks hisob-kitobi quyidagi formula 
asosida amalga oshiriladi: 
Mazkur usulda indeksni hisoblashda birinchi navbatda bazaviy davrning aniq 
sanasiga bozor kapitalllashuvi aniqlanadi. Masalan, Nyu–York fond birjasi 
indeksini hisoblashda bazaviy miqdor sifatida 1965- yil 31- dekabr sanasiga 
birjada kotirovka qilinuvchi 2200 aktsiya bo‗yicha bozor kapitallashuvi qabul 
qilingan. Bu bazaviy kapitalizatsiya indeks bazaviy ko‗rsatkichi bo‗lib, Nyu–York 
fond birjasida 50, NASDAQ indekslari bo‗yicha esa bazaviy indeks 100 qabul 
qilingan.
Indekslar o‗rtacha tortilgan usul bo‗yicha hisob-kitob qilinganda avtomatik 
ravishda aktsiyalar spliti, qo‗shimcha chiqarilgan va qisman qoplangan, aktsiyalar 
bahosi ko‗tarilishi va boshqalar hisobga olinadi. 
Birja indekslari bozor, treyding tahlili va investitsion strategiyalar 
samaradorligi solishtirish uchun qo‗llaniladi. Birja indekslari u yoki bu kompaniya 
joylashgan mamlakatdagi iqtisodiy holat ko‗rsatkichi bo‗lib hisoblanadi. Bir necha 
birja indekslar uchun qimmatli qog‗ozlar, aynan fyuchers va optsionlar bazaviydir.
Fond (yoki portfel) ishlarini birja indeklari bilan solishtirish orqali fond 
boshqaruvchisining bazaviy indeksga nisbatan natijalarini baholash imkoniyatini 
beradi. Indekslar bilan savdo aktsiyalar bilan savdoga qaraganda tredyderlarga bir 
qator ustunliklar beradi. Bunda kompaniya moliyaviy hisoblarini o‗rganib chiqish, 


160 
koeffitsentlarni hisoblash va kompaniya yoki tarmoqni istiqboldagi rivojlanishini 
baholash zarurdir.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish