Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

4.2 - jadval
.
Valyuta kursining rejimlari 
Valyuta kursi 
rejimi 
Tavsifi 
Erkin o‗zgarish 
Kurs mutloq bozor kuchlari ta‘sirida shakllanadi 
Boshqaruvchi 
o‗zgarishi 
Markaziy bank valyuta kursining keskin o‗zgarishlarini 
kamaytirishi uchun interventsiyalar o‗tkazadi 
Sudraluvchi 
qo‗shimcha 
Markaziy bank valyuta kursining ma‘lum qiymatiga 
erishish uchun bozorda interventsiya o‗tkazadi 
Belgilangan 
chegaralarda qayd 
etish yoki maqsadli 
zonalar 
Valyuta kursi belgilangan chegaralarda o‗zgarishi mumkin; 
agar nazarda tutilgan o‗zgarish chegarasidan chiqqanda 
Markaziy bank valyuta bozorida o‗z yo‗nalishini yoyishga 
intilib, interventsiya o‗tkazadi 
Tuzatiluvchi qayd 
etish 
Ko‗rsatma yoki bozor metodlari bilan valyuta kursi shzoq 
muddatli vaqtga qayd etiladi (balki, o‗zgarishlarning tor 
chegaralarida), makroiqtisodiy muvozanat buzilishi yuzaga 
kelganda yoki valyuta kursiga katta bosim berilganda 
Kursning Markaziy 
bank tomonidan 
qayd etilishi 
―Tuzatiladigan qayd etish‖ rejimning yanada qat‘iy 
versiyasi 
Valyutani boshqarish 
bilan kursni qayd 
etish 
Pul bazasi valyuta (yoki oltin) zanjirlari bilan qayd etilgan 
almashuv stavkasi bo‗yicha to‗la ta‘minlanishi kerak 
Yagona valyuta 
Avval mustaqil bo‗lgan valyutalar yagona yangidan 
yaratilganiga yoki mavjud bo‗lgan valyutaga almashtiriladi 
O‗z valyutalarining erkin o‗zgarishini (suzishini) faqat bir necha davlat (2002 
yilda yevro kiritilishi bilan ularning soni beshtagacha kamaydi) e‘lon qildi. Qolgan 
sanoati rivojlangan davlatlar bir qator sabablarga ko‗ra erkin o‗zgaruvchi kursni 
emas, balki boshqariladigan yoki nazorat qilinadigan o‗zgarish yo‗lini tanlashdi. U 
o‗z valyutalarining xalqaro valyuta bozorida noxush harakatdan qochish maqsadida 


markaziy banklarning valyuta bozorida davriy interventsiyalarni amalga 
oshirishlaridan iborat. 
Markaziy bankning valyuta interaentsiyasi – bu ma‘lum vaqt davri mobaynida 
valyutani e‘lon qilingan kurs bo‗yicha sotish yoki xarid qilishdir. ―Nazorat ostida 
o‗zgarish (suzish)ni‖ 30 dan ortiq mamlakatlar valyutalari amalga oshiradi 
(Argentina, Braziliya, Hindiston, Islandiya, Meksika, Yangi Zelandiya, Rossiya, 
Turkiya va boshq.). 
Ko‗pgina rivojlanayotgan davlatlar o‗z valyutalarini xalqaro valyuta bozorida 
Mustaqil suzishga umuman ruxsat etmaslikni afzal ko‗radilar. Ular o‗z 
valyutalarini birorta suzuvchi valyuta (o‗zgarib turuvchi) valyuta (dollar, yevro, 
britaniya funti, iena)ga nisbatan tengligini oddiy qayd etishadi, va shu tarzda uning 
kursi yyetakchi-valyuta kursining o‗zgarishi bilangina o‗zgaradi. Ko‗pgina 
mamlakatlar o‗z valyuta kurslarini bir necha valyutalarga nisbatan (valyuta 
savatsiga nisbatan, unda har bir valyuta o‗zining aniq usuliga ega bo‗ladi) 
o‗rnatiladi. 
Erkin suzish (o‗zgarish) rejim sharoitida milliy valyutaning chet el 
valyutalariga nisbatan bozor kursi xalqaro valyuta bozorida aniqlanadi. Valyutalar 
kursini belgilash valyuta bozorida tarixan kotirovakaning ikki turi: bevosita va 
bilvosita turi qaror topgan. Bevosita kotirovka chet el valyutasi (tayanch valyuta) 
birligida milliy valyutaning (kotirovka qilinayotgan valyutaning) mos miqdori 
ifodalanadi. Xalqaro valyuta bozorining ko‗pchilik ishtirokchilari, shu jumladan 
Rossiya ham bevosita kotirovkani qo‗llashadi. Bilvosita pul birliklarida 
ifodalanadigan milliy valyuta birlik uchun qabul qilinadi. Bilvosita kotirovka 
an‘anaviy tarzda Angliyada va Brtaniya mamlakatlari Hamdo‗stligida qo‗llaniladi. 
Xalqaro valyuta bozorida tijorat bitimlari bo‗yicha valyutalar kotirovkasi 
odatda kross-kursga – ikki valyuta o‗rtasidagi nisbatga tayanib, u bu ikki 
valyutaning uchinchi valyuta (odatda dollar)ga nisbatan kursidan kelib chiqadi. 
Jumladan, yevroning boshqa valyutalarga nisbatan kross-qurol dollar orqali 
aniqlanadi. 
Xalqaro valyuta bozorida valyutaning bozorda oldi-sotti barcha operatsiyalari 
bo‗yicha bozor valyuta kursi ikki darajada o‗rnatiladi. Bozor qonunlariga ko‗ra 
sotuvchilvr valyutani qimmatroq sotishga intilishadi, xaridorlar esa uni arzonroq 
sotib olishni afzal ko‗rishadi. Birinchi holda sotuvchining kursi (
bid
), ikkinchi 
holda xaridorning kursi (
offer yoki
ask) 
shakllanadi. Masalan, Nyu-Yorkning 
Syurixga kurga (bevosita kotirovka): 1 CHF = 1,3365 doll. (sotuvchiniki), 1CHF 
= 1,3360 doll. (xaridorniki). Bid va offer kurslari orasidagi farq marjani tashkil 
etadi. U banklarning valyuta almashuv operatsiyalaridagi harakatlarini qoplaydi va 
ma‘lum darajada valyuta havflarini sug‗urtalash metodi bo‗lib xizmat qiladi. 
Bozorda valyutalarning faol katerovkasi bilan shug‗ullanuvchi banklar 
(marketmeykerlar) ancha katta hajmdagi valyuta operatsiyalarini bajarishadi. Bu 
ularga valyuta kursini bitimlarning ma‘lum hajmlari bo‗yicha aniqlashga imkon 
beradi.
Xalqaro valyuta bozorida har kuni ikkala kurs: sotuvchi va xaridorning 
kurslari bo‗yicha valyutalar kotirovkasi tadbirlari o‗tkaziladi. Bu tadbir 
fiksing
deb 
ataladi va odatda, mahalliy vaqt bo‗yicha soat 12da o‗tkaziladi. Fiksing har bir 


114 
valyuta bo‗yicha talab va taklifni izchil taqqoslash yo‗li bilan banklararo kursni har 
kuni aniqlash va qayd etish metodi bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro valyuta bozorida valyuta kurslari dinamikasining noaniqligi sharoitida 
ular ishtirokchilarining eng muhim vazifasi valyuta kurslarini tahlil qilish va 
prognoz (bashorat) qilish bo‗lib, ularning noqulay o‗zgarishi havfini qisqartirishga 
imkon beradi. 
Xalqaro valyuta bozorining faoliyat yuritishi davrida valyuta kurslarini tahlil 
qilish va bashorat qilish metodlarining juda ko‗p spektri yaratildi. Bu metodlarning 
butun majmuini ikki guruhga ajratish mumkin: fundamental (omilli) tahlil va texnik 
tahlil. Birinchi guruh valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy kursatkichlarning 
funktsiyasi sifatida aniqlanishi mumkin degan farazga asoslangan metodlar. 
Ularning qatoriga ichki yalpi mahsulotning o‗sish sur‘atlarini, davlat byudjeti va 
to‗lov balansi saldosini, inflyatsiyani va boshqalarni kiritish mumkin. 
Valyuta kursini tahlil va bashorat qilish metodlarining ikkinchi guruhiga ikki 
uslub: 
ekstropolyatsiya 
va 
chartlar 
uslubi 
kiradi. 
Valyuta 
kursining 
ekstropolyatsiyasi kursi dinamikasida avval o‗rnatilgan yo‗nalishlarni kelgusi 
davrga ham ko‗chirishdan iborat. 

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish