Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

Xalqaro 
valyuta bozori 
Xalqaro investitsiya 
bozori 
Xalqaro fond bozori 
Xalqaro sugʼurta bozori
12
2
2
2
2






10 

11 





104 
Nihoyat, xalqaro valyuta bozori turli mamlakatlarning iqtisodiyotini global 
iqtisodiyotga bog‗lovchi universal mexanizm hisoblanadi. Aynan u jahon xo‗jalik 
tizimida milliy chegaralar orqali tovarlar va kapitallar harakatiga vosita bo‗lib 
xizmat qiladi. 
 
4.4. Xalqaro valyuta bozori ishtirokchilari 
Xalqaro valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshiruvchi jismoniy va 
yuridik shaxslar shu bozor ishtirokchilari deyiladi. Shaklan valyuta bozori 
ishtirokchilarini sotuvchi va xaridorlarga ajratish mumkin. 
Sotuvchi va xaridor sifatida xalqaro valyuta bozorida quyidagilar ishtirok 
etishadi
104

-
importyor va eksportyorlar; 
-
turistlar; 
-
davlatlar; 
-
spekulyatorlar (chayqovchilar); 
-
banklar va boshqa institutlar. 
Xalqaro valyuta bozori ishtirokchilarining tuzilmasini tahlil qilish uchun 
asosiy malaka belgisidan: valyutalar bilan operatsiyalar bajarish maqsadlari 
bo‗yicha belgisidan foydalaniladi. Shu belgiga muvofiq xalqaro valyuta bozorining 
barcha ishtirokchilari malakalari tadbirkorlarga, xedjerlarga, chayqovchilarga, 
vositachilarga va valyuta nazorati organlariga ajratiladi. Tadbirkorlar atomasi bilan 
asosiy maqsadi valyuta operatsiyalarini ta‘minlashdan iborat bo‗lgan (importni 
amalga oshirish, eksportdan tushgan pulni sotish va boshqa.) valyuta bozori 
ishtirokchilari ataladi. Xozirgi zamon xalqaro valyuta bozorida tadbirkorlar odatda, 
valyuta operatsiyalarini yuritishga litsenziyaga ega bo‗lgan ularga xizmat 
ko‗rsatuvchi tijorat banklari xizmatidan foydalanadilar. Xususan kredit banklaridan 
tashqari xalqaro valyuta bozoridan tadbirkorlar nomidan valyuta operatsiyalarini 
(oldi - sotdi) omonat banklari, kredit uyushmalari va omonat – kredit 
assotsiatsiyalari bajarishlari mumkin. Xalqaro valyuta bozorida tadbirkorlar o‗rnida 
amal qiluvchi barcha kredit-moliya institutlari xizmatlarining tahminan bir hil 
to‗plamini taqdim etishadi: 

mijozlar uchun chet el valyutasini sotib olish; 

chet el valyutasini sotish; 

valyuta portfelini shakllantirish uchun oldi – sotdi operatsiyalarini amalga 
oshirish; 

mijoz-tadbirkorlar uchun valyutazaxiralarini yaratish va ularni boshqarish; 

xalqaro valyuta bozorida operatsiyalarni olib borish bo‗yicha tadbirkorlarga 
maslahatlar berish. 
Xedjerlar – bu valyuta operatsiyalarini bajarishda valyuta havflarini sug‗urta 
qiluvchi xalqaro valyuta bozori ishtirokchilaridir. Xedjerlarning vazifasini 
(funktsiyasini) tijorat banklari, sug‗urta kompaniyalari va banklar, kredit 
uyushmalari, omonat banklari va kredit-bank assotsiatsiyalari, xedj – fondlar 
(masalan, Long-Term Capital Management). Bajarishi mumkin. 
104
Global Financial Markets./8 the edition. Stephen Valdez & Philip Molyneux. Palgrave McMillan, 2016. 308 r. 


Xalqaro valyuta bozori ishtirokchilarining eng ko‗p sonli guruhi – bu valyuta 
olib – sotarlari (chayqovchilari)dir. Valyuta – quyidagi sabablarga ko‗ra aktivlar 
bilan chayqovchilik uchun eng jozibador aktivlardan biridir: 

valyutaning likvidligi (pullanishi) yuqori; 

xalqaro valyuta bozorida operatsiya xarajatlari past; 

saqlash uchun xarajatlar qilinmaydi; 

valyuta kursining doimiy o‗zgarib turishi. 
Chayqovchilarning faoliyati ko‗pincha xalqaro valyuta bozorini ijzdan 
chiqaruvchi omil sifatida qoraladi. Ammo bunday yondashuv ortiq darajada 
qat‘iydir. Bir tomondan, aynan valyuta chayqovchilarining faoliyati 1997 yilda 
xalqaro valyuta bozorining eng yirik segmunti – Janubiy – Sharqiy Osiyo 
mintaqaviy valyuta bozorini ―qulatdi‖. Bu xalkaro valyuta bozoriga umuman salbiy 
ta‘sir ko‗rsatdi. Ammo, ikkinchi tomondan xalqaro valyuta bozorida aynan 
chayqovchilarning operatsiyalari xedjerlash – tashqi savdo operatsiyalari bo‗yicha 
valyuta yo‗qotishlari havfini sug‗urtalash bo‗yicha operatsiyalarning paydo 
bo‗lishiga asosiy sababchi bo‗ldi. Bu jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga va 
globallashuviga imkon berdi. Bundan tashqari, chayqovchilar xalqaro valyuta 
bozorining zarur elementi hisoblanib va valyuta operatsiyalarining asosiy qismini 
o‗tkazib, xalqaro valyuta bozorining likvidligini ta‘minlaydi. 
Xalqaro valyuta bozorida vositachilar valyutalarni oldi-sotdi bo‗yicha 
xizmatlarni taqdim etishda ixtisoslashadilar. Ular qatoriga brokerlar va dilerlar 
kiradi. 

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish