«davlatning xorijdan mablag„ jalb qilishi»– aktivlarni chet el manbalaridan
(xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslaridan va xalqaro tashkilotlardan) jalb
etish hamda buning natijasida O‗zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi
yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‗z kreditlari (zayomlari)ni to‗lashiga kafil
sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
«rezidentning tashqi qarzi»– uning xorijdan mablag‗ jalb qilishi natijasida
yuzaga kelgan majburiyatlari yig‗indisi;
«davlat tashqi qarzi»– davlatning xorijdan mablag‗ jalb qilishi natijasida
yuzaga kelgan O‗zbekiston Respublikasining majburiyatlari yig‗indisi;
«umumiy tashqi qarz»– rezidentlarning davlat tomonidan kafolatlanmagan
tashqi qarzlari hamda davlat tashqi qarzi summasi;
«qarz oluvchi»– xorijdan mablag‗ jalb qilgan yoxud xorijdan mablag‗ jalb
qilish niyatini hujjat bilan tasdiqlagan O‗zbekiston Respublikasi nomidan ish
ko‗ruvchi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki rezident;