3.Tabiiy resurslardan turlanishi bo‘yicha foydalanish. Tabiiy
resurslardan oqilona foylanish va atrof muhitni muhofazaqilish
muammolariga
bog‘liq
holda
tabiiy
resurslar
tugaydigan
va
tugamaydigan resurslarga ajtratiladi. Tugaydigan resurslar o‘z navbatida
tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarga bo‘linadi (2-chizma).
Tiklanadigan resurslardan oqilona foydalanish uchun dastavval
ularning uzluksiz tiklanib turishi imkoniyatlarini ta’minlash lozim.
Tiklanadigan resurslarni asrash uchun ulardan xo‘jalik tarmoqlarida
foydalanishni rejalashtirish, ularning yangi turlaridan foydalanish hamda
tabiiy tiklanish imkoniyatlarini oshirish zarur (daraxtzorlar barpo etish,
yovlarning mahsuldorligini oshirish, suv havzalarida baliqlarni urchitish
va ko‘paytirish va b.sh.).
Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga batamom tiklanmaydigan
(mineral resurslarning hammasi) va tiklanish darajasi foydalanishga
nisbatan bir necha yuz ming marta sekin kechadigan (torf, chukindi
jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan mineral resurslar kiradi.
30
Mineral xom ashyo resruslarining tiklanmaslik xususiyatlari
ulardan o‘ta tejamkorlik bilan foydalanishni, yangi zahiralarni qidirib
topishni, taxchil resurslarni boshqa resurslar bilan almashtirishni taqozo
qiladi. Mineral resurslardan oqilona foydalanishni tashkil etish qazib
olingan madanlardan imkoniyati boricha ko‘proq mahsulot tayyorlashni,
qazib olishda, tashishda va qayta ishlov berishda isrovgarchilikka yo‘l
qo‘ymaslik va chiqindisiz texnologiyani joriy etishga bog‘liq. Lekin
hozirgi sharoitlarda tiklanmaydigan resurslarni turlaridan foydalanishda
juda katta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmoqda. Texnologik jarayonlarning
takomillashmaganligi sababli madanlarning katta qismi chiqindi sifatida
tashlab yuboriladi va atrof-muhitni ifloslovchi manbalarga aylanadi.
Tugamaydigan tabiiy resurslar suv, atmosfera havosi, rekratsion,
kosmik, yer osti geotermal resurslaridan tashkil topgan. Ular tabiiy
jismlar sifatida tugamaydigan resurslardir. Ammo inson faoliyat ta’siri
tufayli ular ham sifat jihatidan yomonlashuvi (ifloslanishi) va oqibatda
foydalanish uchun ayrimlari yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. Shu
sababli tugamaydigan resurslardan foydalanishda ularning sifatini
yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Insonning hayotiy faoliyati
uchun zaruriy manba bo‘lgan suv, atmosfera havosi va rekreatsion
resurslarni muhofaza qilish hozirgi paytda umumzaminiy ekologik
muammolarni tashkil etadi.
Tabiiy resurslar ularning tabiat (landshaft) komponentlariga
bog‘liqligiga ko‘ra ham tasnif qilinishi mumkin. Geografik qobiqni
tashkil etuvchi atmosfera, litosfera (yer po‘sti) va biosferaning
xususiyatlari ularning har biri uchun xos bo‘lgan resurslarni vujudga
keltiradi. Shu nuqtai nazardan quyidagi resurslar guruhlariga ajratiladi:
1) atmosfera (havo) resurslari;
2) gidrosfera (suv) resurslari;
3) litosfera (mineral xom ashyolar va yer) resurslari;
4)biosfera (o‘simlik va hayvonot dunyosi) resurslari.
Ulardan tashqari kosmik (quyosh radiatsiyasi) va rekreatsion
resurslarini ham alohida ajratish mumkin.
Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, resurslarning har bir guruhi
(turi) alohida tizimni hosil qiladi va o‘z navbatida kichikroq tizimlarga
ajratiladi. Masalan, suv resurslari tizimida chuchuk suv resurslari, yer
osti suv resurslari, dengizlarning suv resurslari va resurslarning shularga
o‘xshash kichik tizimlarini ajratish mumkin.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |