Microsoft Word экология мар матн лотин rtf



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/61
Sana11.02.2022
Hajmi0,49 Mb.
#443536
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
e k o l o g i y a

2.Tabiiy resurslar turlari. Amaliy maqsadlar uchun tabiiy 
resurslarning tasnifi muhim ahamiyatga ega. Tabiiy resurslar ham tabiiy, 
ham iqtisodiy kategoriya bo‘lganligi, boshidan ularni tasnif qilishda turli 
xil asoslardan foydalaniladi. Tabiiy resurslar tabiat komponetlari bilan 
aloqadorligi, foydalanish darajasi yoki holati, xo‘jalik tarmoqlarining 
xususiyatlari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilinishi mumkin. 
Lekin tabiiy resurslarning tabiiy ekologik va iqtisodiy tasnifi ularning 
mansublik kategoriyasi sifatida amalga oshiriladi. Tabiiy resurslar 
birinchi navbatda foydalanish holatiga ko‘ra real va potensial (lotincha 
potentia – kuch, quvvat) turlarga ajratiladi.
Real tabiiy resurslar (esa hozirgi paytlarga ko‘ra foyda) jamiyat 
ishlab chiqarish kuchlarining hozirgi bosqichida ishlab chiqarishda 
foydalanilayotgan resurslardir.
Potensial resurslar esa hozirgi paytda ayrim texnik yoki texnologik 
sabablarga ko‘ra foydalanilmaydi. Masalan, dengiz suvlari, ulardagi 
kimyoviy moddalar, atmosferadagi kimyoviy unsurlar, texnologik 
jarayonlarning 
takomillashmaganligi 
sababli 
ishlab 
chiqarishda 
foydalanilmaydi. Potensial tabiiy resurslarni va ma’lum darajada tabiiy 
sharoitlarni tashkil etadi.


26 
Real va potensial resurslar orasidagi “chegara” fan va texnika 
traqqiyotiga bog‘liq holda yo‘qolib boradi, ya’ni potensial resurslarning 
katta qismi real resurslarga aylanadi. Masalan, toshko‘mir va neft 
zahiralari ibtidoiy odamlarga ham ma’lum bo‘lgan, potensial resurslar 
bo‘lib qolavergan. Hozirgi paytda ham transport vositalari borishi qiyin 
bo‘lgan (aniqrog‘i qimmatga tushadigan) tog‘li hududlarda, cho‘llarning 
ichki qismlarida mavjud bo‘lgan mineral hom ashyo resurslari potensial 
saviyasiga ega. 
Tabiiy resurslardan foydalanish darajasi va shakllari ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishiga fan va texnika taraqqiyotiga mos 
holda va shuningdek, insonning tabiiy resurlarning ma’lum turlariga 
bo‘lgan 
ehtiyojning 
ortib 
borishiga, 
ishlab 
chiqarishdagi 
texnologiyaning takomillashuviga bog‘liq holda o‘zgaradi. Tabiiy 
sharoitlarda yangicha ahamiyat kasb etadi va potensial resurslardan real 
resurslarga aylanadi.
Resurslar sikli – tabiat va jamiyat orasidagi modda almashuvi 
bo‘lib, bu jarayon tabiatdan resurslarni olishni, ularni ishlab chiqarishga 
jalb qilishni va ulardan foydalangach o‘zgartirilgan holda atrof 
muhitgaqaytarishni bildiradi.
Resurslarning sikllari tabiat manbalarining inson tomonidan 
foydalanishning barcha bosqichlarida (qidirib topish, foydalanishga 
tayyorlash, tabiiy muhitdan olish, qayta tayyorlash, iste’mol qilish va 
tabiatga 
qaytarish) 
sodir 
bo‘ladigan 
moddalar 
yoki 
ularning 
guruhlarining o‘zgarishi va harakatining majmuasi sifatida qaraladi. 
Resurs sikllari asosiy moddalar yoki ularning birikmalarining turlariga 
ko‘ra ajratiladi. Har bir sikl qo‘shimcha va birgalikda sodir bo‘ladigan 
kichik sikllaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bu kichik sikllar asosiy 
resurslardan va foydalanishga jalb qilingan asosiy materiallardan har 
tomonlama foydalanish negizida rivojlanadi. Resurslar sikllarida tabiiy 
resurslar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
a) ishlab chiqarish qurollarining moddiy negizi (substrati) ni 
tashkil etuvchi, tubdan o‘zgartirilgan, o‘zining tabiat bilan bo‘lgan 
aloqalarini yo‘qotgan va boshqa tizimlar tarkibiga kirgan resurslar; 
b) mehnat predmetiga aylangan, tabiat bilan bevosita aloqasidan 
ajratib olingan resurslar (qazib olingan ma’adanlar, kesilgan o‘rmon va 
boshqalar); 
v) moddiy ishlab chiqarishga jalb qilingan, lekin tabiiy muhit bilan 
dastlabki aloqalarini saqlab qolayotgan resurslar (qishloq xo‘jaligida 
foydalanilayotgan yer resurslari, sun’iy o‘rmonlar va b.sh.). 


27 
Tabiiy resurslarning asosiy guruhlari (mineral, o‘simlik, yer va 
b.sh. resurslar) mustaqil sikllarni hosil qiladi. Ayrim resurslar sikllari 
jamiyat va tabiat orasidagi moddalar almashinuvining bir qismi bo‘lib, 
umumzaminiy miqyosdagi (geologik, biologik va b.sh.) aylanma 
harakatlarning 
ijtimoiy 
bo‘g‘inini 
tashkil 
etadi 
va 
to‘liq 
tugallanmaganligi sababli ko‘p sikllari (politsikllik) sajiyaga ega. 
Resurslar sikllari bir-biri bilan mujassam aloqada bo‘lgan holda 
rivojlanadi, chunki tabiatning biror bir moddasidan foydalanish odatda 
boshqa moddalardan foydalanish bilan bir payt sodir bo‘ladi.Tabaitda 
tabiiy resurslarning qanday holatda bo‘lishi, ulardan foydalanish 
xususiyatlariga ko‘ra, bir nechta turlarga ajratiladi. Bularga yer yoki 
tuproq boyliklari, atmosfera (iqlim) boyliklari, o‘simliklar boyliklari, 
hayvonot dunyosi boyliklari, foydali qazilma yoki mineral boyliklari, 
rekreatsion (orombaxsh) boyliklar, kosmik (quyosh radiatsiyasi) 
boyliklari, yerning tagi qismidagi geotermik boyliklar kiradi.Albatta 
tabiiy resurslarning turlari ichida yer boyliklari asosiy bo‘lib, boshqa 
resurslar ham u bilan chambarchas bog‘lanishga ega. Ma’lumki yer 
boyliklari qishloq xo‘jalikni asosi deb ta’kidlanadi, bu iboraga shak-
shubha yo‘q. Lekin yer avvalo, insoniyat makoni, tirikchilik vositasi 
shunga binoan sanoat tarmoqlari, transport, qurilish va boshqa xalq 
xo‘jalik tarmoqlarini ham asosidir. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish