Topshiriqni boshqarish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bо‘lgan topshiriq
avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi.
Jarayonni boshqarish uchun OSga boshqarish tili kiritiladi va topshiriqni bajarish
uchun zarur bо‘lgan resurslar aniqlanadi. Odatda agar topshiriqni boshqarish tilida
ma’lum resurlar qayd etilmasa unda sistema uchun qabul qilingan parametrlar
olinadi. Topshiriqni boshqarish tili hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida
sistemani tashkil qilinayotgan paytda tanlab olinadi. Parametrlarni tanlab olish
foydalanuvchining talab va ehtiyojiga qarab amalga oshiriladi. Har bir sistemani
qо‘shimcha dasturlar bilan boyitish har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi.
Masalan, funksional jixatdan bir vaqtning о‘zida bir necha dasturning sistemada
saqlanishi sistema uchun kerakli dasturning qidirilishiga kо‘p vaqt va qо‘shimcha
xotira sarflanishiga olib keladi. Shu kabi sistema uchun bevosita zarur bо‘lmagan
dasturning saqlanishi ham shu natijaga olib keladi. Dasturiy ta’minot bо‘yicha
mutaxasis bо‘lmagan foydalanuvchi uchun topshiriqni boshqarish tilini tahlil qilish
va unga о‘zgartishlar kiritish tafsiya qilinmaydi.