Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek resurslar fizik va dasturiy bо‘ladi.
OS yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki natijada bajarilayotgan topshiriqlar
ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Topshiriqlar tili yordamida
foydalanuvchining dasturi normal ishlashini ta’minlaydigan resurslar aktiv holatga
chaqiriladi va topshiriq bajarilishiga qarab ular ma’lum ketma-ketlikda bajariladi.
Resurslar ishlatilishi ketma-ketligi boshqarish tili va foydalanuvchi dasturi
yordamida amalga oshiriladi.
Prosessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt prosessor
va kutish vaqti majmuasidan iborat bо‘ladi. Prosessor vaqti bevosita foydalanuvchi
dasturiga ishlov beradigan vaqt bilan aniqlanadi. +о‘shimcha vaqt bu OS
resurslariga murojaat va uni bо‘shashini kutish, muloqat, prosessorga bog‘liq
bо‘lmagan boshqa resurslarni ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi dasturiga ketgan
umumiy vaqtga nisbatan prosessor vaqti salmog‘i har doim kam bо‘ladi.