Avesto o`gitlaridan
65
Bu dunyoda boyliklarning har qanday ko`payishini ezgu ishlarga bog`lovchi
kishilar odamlarning eng ulug`laridir. Qarindosh-urug`laringiz, do`stlaringiz,
shuningdek, muholiflaringizga aytgan lafzingizning ustidan chiqing.
O`z oilangiz va urug`ingiz shonu shavkati uchun jirkanch yolg`onchilarga
o`xshab yovuz fikr, yovuz so`z va yovuz amallar urug`ini ekmang.
“Avesto”da aytilganiday: “Ezgu fikrlarni o`ylasa, ezgu so`zlarni so`zlasa,
ezgu amallarni qilsa ezgulikdir”.
Zero, kim ezgu fikrlarni o`ylasa, nutqida ezgu so`zlarni so`zlasa, ezgu ishlarni
amalga oshirsa, u o`z ruhiga ezgu fikrlar, ezgu so`zlar, ezgu amallar vositasida
dunyolarning eng yaxshisini in‟om etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |