IJODIY DIKTANT
1-namuna.
Quyidagi she‟rni ifodali o`qing. Uning mazmunini o`z so`zingiz
bilan bayon qilib yozing.
Navro`z
Avval yuragingga mo`ralaydi u,
So`ngra kurtaklarga o`rgatadi so`z.
Zaminning ko`zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro`z!
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to`kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro`z!
Ona bag`ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
70
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig` g`am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro`z!
Yana ko`ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu‟lalardan qamashmoqda ko`z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro`z!
(A.
Oripov)
2-namuna.
Quyidagi kiritmalarni ijodiy davom ettiring.
1.
Aytishlaricha, ...............................................................
2.
Xayriyat, .....................................................................
3.
Masalan, ......................................................................
4.
Inshoolloh, ...................................................................
5.
Yaxshi hamki, ..............................................................
3-namuna.
Savollarga yozma javob qaytaring. Atoqli otlarning yozilishiga
diqqat qiling.
1. Yozuvchi va shoirlardan kimlarni bilasiz? 2. Mehnat qahramonlaridan
kimlarni taniysiz? 3. Qaysi shahar va qishloqlarda bo`lgansiz? 4. Qaysi kanal, daryo,
ko`l va dengizlarning nomini bilasiz? 5. O`zbekistondagi eng baland tog`lar qaysilar?
6. Siz qaysi viloyat, shahar, tumanda yashaysiz ? Shaharda yashasangiz,
ko`changizning nomi nima?
4-namuna.
Baytlarni o`qing, she‟riy gaplarni nasriy gaplarga aylantirib
yozing.
Navbahor: ochildi gullar, sabza bo`ldi bog`lar,
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo`ralar, o`rtog`lar.
(Muqimiy)
Ochinglar, millati vayronani obod etgusi maktab,
O`qusin yoshlarimiz, ko`nglini shod etgusi maktab.
(Avaz O‟tar)
5-namuna.
Berilgan gaplarni to`g`ri joylashtirib gaplar tuzing.
1. Urf-odatlari, navro`zning, bo`lgan, o`ziga, xos.
2. Dalalarda, ketgan, bu paytda, boshlanib, ekin-tikin, ishlari.
71
3. Maxsus, atab, kiyimlar, ajdodlarimiz, bayramga, tayyorlashgan.
4. Taomlari, o`ziga, navro`z, xos bo`lgan.
5. Orasta, atrofini, oila, har bir, qilgan, o`z.
6. Bayrami, avloddan-avlodga, Navro`z, kelmoqda, asrlar osha, o`tib.
Do'stlaringiz bilan baham: |