Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

QON TOMIRLARNING FAOLIY TASNIFI
Barcha qon tomirlar bajaradigan faoliyatiga ko'ra 6 turga bo'linadi: 1)
amortizatsiyalovchi, tekislovchi (elastik turdagi) qon tomirlar; 2) rezistiv
(qarshilik ko'rsatuvchi) qon tomirlar; 3) sfinkter (jo'mrak) qon tomirlar; 4)
almashinuv qon tomirlari; 5) hajmli qon tomirlar; 6) ulovchi (shuntlovchi) qon
tomirlar.
Amortizatsiyalovchi (tekislovchi) tomirlar devorida elastik tolalar ko'p. Bu
tomirlarga aorta, o'pka arteriyasi va ularga yaqin katta arteriyalarning qismlari
kiradi. Bu tomirlar juda qayishqoq bo'lganidan sistola vaqtida qon bosimining
keskin ko'tarilib ketishiga, diastola vaqtida esa 0 gacha tushib ketishiga yo'l
qo'ymaydi.
Rezistiv (qarshilik ko'rsatuvchi) tomirlarga arteriyalarning oxirgi qismi va
arteriolalar, qisman kapillyarlar va venulalar kiradi. Arteriyalarning oxiri va
arteriolalar yoki prekapillyar tomirlar devorida silliq muskul qavati yaxshi
rivojlangan, diamtri nisbatan kichik. Bu tomirlar qon oqimiga hammadan ko'p


qarshilik ko'rsatadi. Silliq muskul qavatining qisqarishi va bo'shashishi tufayli
ro'y beradigan tomirlar ko'ndalang kesimining o'zgarishi qon bosimini
o'zgartiradi. Tananing a'zo va qismlaridan oqib o'tadigan qon hajmi (qon
oqimining hajm tezligi) ko'proq shu rezistiv tomirlar tonusiga bog'liq.
Ko'proq venulalarning qisqarishi va bo'shashishi qon oqimiga bo'lgan
postkapillyar qarshilikni belgilaydi. Prekapillyar bosim bilan postkapillyar
bosim nisbati kapillyarlardagi gidrostatik bosimga ta'sir etadi va shu yo'l bilan
kapillyarlarda filtrlanish va qayta so'rilish tezligini o'zgartiradi.
Sfinkter (jo'mrak) tomirlar – prekapillyar arteriolalarning oxirgi qismi. Bu
tomirlar qisqarsa, ishlab turuvchi (teshigi ochiq, qon o'tkazuvchi)
kapillyarlarning soni kamayadi. Ular bo'shashsa, bunday kapillyarlarning soni
ortadi. Natijada modda almashinuvi ro'y beradigan yuza o'zgaradi.
Kapillyarlar modda almashinuvida ishtirok etadigan tomirlarga kiradi.
Ahamiyati juda katta bbo'lgan diffuziya va filtrlanish jarayonlari faqat kapillyar
devori orqali sodir bo'ladi. Kapillyarlar qisqaruvchi unsurlarga ega
bo'lmaganidan, faol qisqara olmaydi. Ammo ularning diametri pre- va
postkapillyar bosim o'zgarishi bilan sfinkter tomirlarning holatiga qarab, sust
o'zgaradi.
Hajmli tomirlar – asosan venalar. Venalar juda cho'ziluvchan bo'lganidan
ko'p miqdordagi qonni o'ziga sig'dirib, saqlab turishi va qon qylanishiga qayta
chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham venalar qon zahirasi vazifasini bajaradi.
Ba'zi venalar qon zahirasi sifatida ancha ko'p hajmga ega. Bularga jigar venalari,
qorin bbo'sjlig'i, yirik teri venalari kiradi. Bu venalardagi mavjud qon miqdori 1
litr chamasida ko'payib-kamayib turishi mumkin.
Ulovchi (shuntlovchi) tomirlar arteriovenoz anastomozlardan iborat. Bu
tomirlar ochiq vaqtida kapillyarlar orqali qon oqishi kamayadi, ba'zan butunlay
toxtab qolishi ham mumkin.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish