QON TOMIRLAR FIZIOLIGIYASI Qon aylanishining katta va kichik doiralari. Bu qon aylanish doiralari
o’rtasida jiddiy funksional farq bor. Katta qon aylanish doirasi orqali yurakdan
chiqadigan qon barcha a’zolarga taqsimlanadi. Bu a’zolarning qonga bo’lgan
talabi tinchlik holatida ham juda o’zgaruvchan. Ish vaqtida esa bu ehtiyoj keskin
oshadi. Faol holatdagi a’zolarni qon bilan yetarli miqdorda ta’minlash uchun
tomirlardagi qonni a’zolar o’rtasida qayta taqsimlash zaruriyati tug’iladi. Bu
ishni boshqaruv mexanizmlari yuzaga chiqaradi.
Kichik qon aylanish doirasida qon faqat o’pkadan o’tadi. Bu doirada qon
aylanishining boshqarilishi ancha sodda.