YURAK FAOLIYATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI Yurak ishi juda o'zgaruvchan bo'lib, doimo organizmning qon aylanishiga
bo;lgan talabiga moslashib turadi. Bu moslashuvni bir qator boshqaruv
mexanizmlari ta'minlaydi. Ularning bir qismi yurakning o'zida – yurak ichi
(intrakardial) mexanizmlar, qolganlari esa – yurakdan tashqari (ekstrakardial)
mexanizmlardir.
INTRAKARDIAL BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Yurakning o'ziga bog'liq – intrakardial mexanizmlarga hujayra ichi
boshqaruv mexanizmlari, hujayralararo aloqalarni idora qilish mexanizmlari va
yurak ichidagi periferik reflekslar kiradi.