YURAK ZARBI VA TONLARI
Yurakning qo’zg’alishi elektr potensiallarni hosil qilsa, uning qisqarishi
yurak zarbi va tonlarini yuzaga chiqaradi.
Chap tomondagi beshinchi qovurg’a oralig’iga qo’lni bosilsa, yurak zarbini
sezish mumkin. Bu zarb sistola vaqtida yurak holatining o’zgarishidan paydo
bo’ladi. Yurak qisqarar ekan, deyarli qattiq bo’lib qoladi va chapdan o’ngga sal
buriladi. Chap qorincha ko’krak qafasiga urilib, uni bosadi. Ana shu bosim zarb
bo’lib seziladi.
Yurak ishlab turganda o’ziga xos tovushlar eshitiladi. Bu tovushlar yurak
tonlari, deb ataladi. Ularni stetoskop yordamida eshitish, fonokardiograf
yordamida magnit tasmasiga yozib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |