www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
Hazrat Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ko‘rganingizdek xalq shu holga tushmoqda. Ey
Allohning Payg‘ambari! Siz shu ishni bajarmoqni istaysizmi? Istasangiz, tez boring,
qurbonliklarni so‘yguncha, sartaroshni chaqirib, soch oldirguncha ashobdan hech kimga
so‘z aytmang. Siz qurbonliklarni so‘yib, soch oldirsangiz, xalq ham shunday qiladi.
Muhaqqaq sizga ergashadi!”, dedilar.
Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehromlarini o‘ng qo‘ltiqlaridan chiqarib, chap
yelkalariga tashladilar. Qo‘llariga bir xorba (nayza) olib, baland ovozda «Bismillahi,
Allohu Akbar!», deya, qurbonlik tuyalarini so‘ya boshladilar.
Ashob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qurbonlik so‘yishlarini ko‘rishlari bilan darhol turib,
qurbonlik tuyalarini so‘yishga tushdilar.
Hazrat Ummu Salama shunday dedilar: “Qurbonliklarga qarab shunday chopdilarki,
to‘planganlarini ko‘rib bir-birlarini ezib qo‘yishlaridan qo‘rqdim”6 .
Demak, ilm olishlik Islomda farz ekan va ilm bevosita kasb-hunar bilan bog‘liq ekan,
ayollarning ishlab chiqarishda qatnashishlari, jamoat ishlarida faol qatnashishlari ham
nihoyatda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |