Hayzli va nifosli ayolning tizzasi bilan kindigi orasidagi qismi ham haromdir
Hayz va nifosdagi ayolning tizzasi ostidan kindigiga qadar bo‘lgan qismidan shahvatsiz
bo‘lsa ham foydalanmoq yoki ko‘ylaksiz teginmoq haromdir. Qur’oni Karimda:
“...poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar!...”
deyilmoqda. (Baqara surasi,
222-oyat)
Demak hayz va nifosli bo‘lgan bir ayoldan jismoniy huzurlanishga intilish qanday
ko‘rinishda bo‘lmasin haromdir. Chunki hayz va nifosli ayol tibbiy jihatdan o‘ziga xos
bemorlik hukmidadir.
Hayzli ayol yuvinmasdan qilishi muboh bo‘lgan ishlar
Hayzli ayol qo‘lini, ogzini yuvgach, yeb-ichishi makruh bo‘lmaganidek, hayz tugashida
yuvinmasdan jimo’ qilmog‘i, ikki jinsiy aloqa orasida tahorat olib, g‘usl etmasdan, yana
aloqa qilishi mumkin. Ammo orada cho‘milib-yuvinmoq yoki tahorat olmoq afzalroqdir.
Odatli ayollar qo‘liga va sochiga xina qo‘yishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |