Erkakning ayolga nisbatan avrati
Xoh mahram, xoh nomahram bo‘lsin, erkakning ayolga nisbatan avrati erkakka nisbatan
bo‘lgani kabi kindigidan tizzasininng ostiga qadar. Faqat er-xotinning orasida avrat joylar
yo‘q.
“Ular avratlarini (haromdan) saqlovchidirlar. Illo, o‘z jufti halollari va qo‘l
ostidagilar (cho‘rilar) bundan mustasnodir. Bas, ular malomat qilinuvchi
emaslar!”
(Mo’minun surasi, 5-6-oyatlar).
Ayolning ayolga nisbatan avrati
Ayollarning ayollarga nisbatan avrati erkaklarning erkaklarga nisbatan avrati kabidir,
kindikdan tizza ostiga qadar. Shunga ko‘ra, bir ayolga boshqa bir ayolning kindigidan
tizzasi ostigacha bo‘lgan a’zolariga qarash haromdir. Bundan tashqari joylarga qarash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |