Bog'liq Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar 040122222903
“...Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur..” , degan. Bu oyatdan anglashiladiki, ayollar ataylab ovozlariga
mayinlik, ohang berib, tovushlarini titratib nomahram erkaklarga so‘zlamasinlar, chunki
bundan o‘rtada shar’iy bo‘lmagan munosabat kelib chiqishi, bu esa ko‘ngilsizliklarga
sabab bo‘lishi mumkin.
Beshinchi kuzatish: “Ko‘zni tiyish”ning bir necha foydalari bor:
1. Alloh taoloning amriga itoat qilgan bo‘ladi.
2. Bir o‘q kabi qalbni yaralaydigan manzaralardan himoyalangan bo‘ladi.
3. Qalb quvvatlanadi.
4. Qalb yomon narsalar bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. Alloh bilan bog‘lanishga, mashg‘ul
bo‘lishga odatlantiradi, imkon paydo qiladi.
5. Qalbni nurli qiladi.
6. Qalbga (zakovat) farosat beradi.
7. Shayton kiradigan yo‘llarni berkitgan bo‘ladi.
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
11