Riyoning darajalari:
Riyoning darajalari bir-biridan farqlanadi. Ibodatga riyoning aralashuvi faqat dunyoviy
g‘oya yoki odamlarga maqtanish maqsadida bo‘ladi. Ba’zan bu ikki sabab ham riyo
bo‘lishi mumkin. Ibodat Haqning rizosi yo xalqning extiromi uchun ado etiladi. Bulardan
biri ustun kelishi yoki ikkisi teng bo‘lishi mumkin. Bu to‘rt ehtimolga bo‘linadi.
1. Kishining ibodati faqat xalqning ehtiromi uchun bo‘lsa, uni hech kim
ko‘rmasa, bu kimsa ibodatni tashlab qo‘yadi. Bunday amaliga savob yo‘q,
balki, Alloh taoloning g‘azab va nafratiga uchraydi.
2. Ibodat ham Haq rizosi ham xalqning ehtiromi uchun bo‘lsa-da, ikkinchisi g‘olib kelsa,
yolg‘iz qolganda o‘sha kishi ibodat qilmaydi. Bu ham yuqoridagi kabi xunuk va Haqning
qahriga mustahaqdir.
3. Ikkala maqsad ham teng kelsa, ya’ni Haqning rizosi va xalqning ehtiromi jihatlari bir
xil bo‘lsa, bunda savob ham, jazo ham yo‘q; foydasi ham zarari ham yo‘q.
4. Alloh taolo rizoligini topish xalqning ehtiromi jihatidan ustun bo‘lsa - har narsa
haqiqatini Alloh bilguvchi — bu darajadagi ibodat sohibi savobga erishadi. Lekin xalqning
ehtiromini ham o‘ylagani uchun jazo ham ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |