www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
niyatida qilmaguncha sidq maqomiga yetisholmaydi. Qaylula paytida, kechki ibodatga
quvvat bo‘lsin uchun uxlashi, ibodatlar davomiyligi uchun nafsini jilovlash maqsadida
uning istaklaridan birini ado etishi, hashamatli kiyimni Alloh taoloning bergan ne’matini
ko‘rsatish uchun kiyishi, xilma-xil ovqatlarni a’zolari Allohga yanada ko‘proq shukr
etishini ko‘zlab yeyishi kabilar bunga misoldir.
Abul Hasan ash-Shozaliy rahmatullohi alayh o‘rtoqlariga shunday dedi: «Har bir a’zongiz
shukrini qilolsangiz ovqatlarning eng yoqimlisini yeng, eng lazzatli ichimlikdan iching,
eng maqbul to‘shakda yoting, eng kibor kiyimlardan kiying. Ammo arpa nonini tuzga
botirib yeb, qalin po‘stin kiyib, yerda uxlab, suvdan ichib bu holiga ko‘ngli to‘lmay,
«Alhamdulilloh» demay nafrat qilgan kishiga basiyrat ko‘zi ila qaralsa, uning gunohga
sho‘ng‘iyotgani ko‘riladi. Haq taolo muboh qilgan amalni bajarmay Alloh belgilagan
taqdirga jahl (isyon) qilgan kimsa, Haq taolo harom qilgan narsaga qo‘l urgan bo‘ladi».
Ey birodar, sen halolidan top (haromdan qayt)!..
Do'stlaringiz bilan baham: |