HUQUQIY MUNOSABAT
— ishtirokchilarning huquq va burchlarini
belgilaydigan, qonun normalari bilan tartibga solina digan ijtimoiy muno sabat.
JABRLANUVCHI
— jinoiy harakati natijasida zarar ko‘rgan shaxs.
JARIMA
— aybdordan davlat daromadiga qonunda belgi langan miqdorda pul
undirishdir.
JAVOBGARLIK
— nojo‘ya harakati uchun javob berishni talab qiladigan holat.
JAZO
— huquqbuzar deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi
bilan qo‘llaniladigan, muayyan huquq va erkinliklardan mah rum qilishdan iborat
majburlov chorasidir.
JINOYAT
— qonun bilan taqiqlangan, jazoga loyiq, ijtimoiy xavfl i qilmish
(harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb topiladi.
KODEKS
(lotin) — huquqning biror tarmog‘iga oid qonun-qoidalar to‘plami.
KONSTITUTSIYA
(lotin) — tuzilish, davlatning asosiy qonuni. U davlatning
ijtimoiy-siyosiy, davlat tuzilishi, organlari sistemasi, fuqaro larning asosiy huquq
va burchlarini ifodalaydi.
KONTRABANDA
— (kontr va bando) mollar ni davlatga g‘ayriqonuniy yo‘l
bilan olib o‘tish.
KONVENSIYA
(lotin) — bitim, ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma turlaridan
biri.
LITSENZIYA
(lotin) — ozodlik, huquq, ruxsat berish. Masalan, ixtiro uchun
beriladigan texnik hujjat, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish uchun beriladigan
ruxsatnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |