95 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 95 95 Huquq normalari 3 1 2 Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar 1. Rasmlardagi huquqiy hujjatlarning qaysilari bilan tanishsiz? Bu huquqiy hujjatlarning ichida nimalar yozilganini bilasizmi? 2. Siz tanish bo‘lmagan hujjatlarning ichida nimalar yozilgan bo‘li shi mumkinligini ham taxmin qilib ko‘ring. Bunda bu huj jat- larning nomlariga e’tibor bering. 3. Bu hujjatlarning davlat tomonidan chiqarilishidan ko‘z langan maqsad nima deb o‘ylaysiz? 4. Atrofi ngizdagi hayotdan bitta huquqiy muammoli vaziyatni misol qilib keltiring. Bu vaziyatdagi muammoni yechish bo‘yicha huqu- qiy qaror qabul qilishga harakat qiling. Qaroringizni yozma ra- vish da daftaringizga yozing. Bunda: 1) ushbu huquqiy muammoning o‘zini, ya’ni qonun-qoidalarni buzish holatini tavsifl ang. 2) ushbu qonun-qoidalarni buzish holati qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ifodalang.