Partizancha marketing bu – hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari
surish va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga
chiqadigan marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko‗p pul
sarflash o‗rniga tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy
usullari bilan birga ijodiy fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi.
Virusli marketing – geometrik progressiyaga yaqin progressiyada
tarqalishi
bilan
tavsiflanadigan,
asosiy
axborot
tarqatuvchilar
axborot
oluvchilarning o‗zlari hisoblangan, tabiiy yoki ishonch ohangidagi murojaat yoki
yorqin, kreativ, noodatiy g‗oya hisobiga yangi axborot oluvchilarni jalb qilishga
qodir bo‗lgan mazmun shakllantirish yo‗li bilan turli reklama tarqatish usullarining
umumiy nomi.