Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

 
Bob bo„yicha xulosalar 
Bozor segmentasiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga
tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko‗ra har xil talab kuyadigan iste‘molchilarni 
guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo‗llashga asoslanadi, ya‘ni bozor bir jinsli 
hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment 
doirasida alohida o‗ziga xos bir talab namoyon bo‗ladigan hodisa tarzida olib 
qaraladi. 


151 
Bozorni segmentlash, bozorni o‗rganishning asosiy usulidir.Uning yordamida 
bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo‗linadi. Bozor segmenti-bu 
iste‘molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun 
umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to‗g‗ri segmentlash, shu segmentning 
spetsifik ehtiyojlariga qat‘iy rioya qilingan holda kam xarajatlar bilan tovar etkazib 
berishni to‗g‗ri tashkil qilishdan iboratdir. Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, 
mamlakatlar bo‗yicha ularning sanoatlashuviga qarab bo‗lishni ko‗zda tutadi. 
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste‘molchilarini yanada batafsilroq 
mezonlar bo‗yicha guruhlarga bo‗ladi. 
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste‘molchi guruhlari 
bilan 
boshlanib, 
keyin 
tovar 
yoki 
xizmatlarni 
oxirgi 
iste‘molchilari 
klassifikatsiyasiga bog‗liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. 
Chuqurda segmentlash tor iste‘molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, 
keyin tovarni ishlatish va qo‗llanish sohasidan bog‗liqligiga qarab kengaytirishni 
nazarda tutadi. 
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‗rganishga mo‗ljallangan 
marketing tadqiqotining boshlang‗ich bosqichidir. 
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‗z 
imkoniyatlarini tartibga solib o‗tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. 
U iste‘molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi segmentga 
tovarlarni pozitsiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan 
bog‗liq. 
Bozor segmentasiyasining tamoyillari quyidagilardir: 
1.
Geografik tamoyil. 
2.
Psixografik tamoyil. 
3.
Demografik tamoyil. 
4.
Xulq-atvor tamoyili. 
5.
Holat tamoyili. 


152 
Geografik tamoyil orqali bozorni joylashuvi, aholining soni va zichligi, tijorat 
faoliyatining tuzilishi, hududni rivojlani dinamikasi, inflyasiya darajasi, huquqiy 
cheklashlar hisobga olinadi. 
Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi, jamoat holati kabi 
hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o‗z faoliyatida, qiziqishlarida, kat‘iyatida 
va e‘tiqodlarida o‗z aksini topadi. SHaxsning turi esa hayotdan mamnun
melanholik, o‗zgalardek ish kuruvchi, o‗zbilarmon va boshqa hislatlarda bo‗lishi 
mumkin. 
Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik sikli 
bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg‗ulot turi, ma‘lumoti, millati kabilar 
inobatga olinadi hamda bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillaridan biri 
hisoblanadi. 
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‗l, foydalanuvchi maqomi, 
iste‘mol jadalligi, bog‗lanib qolish darajasi, tovar haqida ma‘lumot berish, tovarga 
bo‗lgan munosabati hisobga olinadi. 

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish