Motivasiya
(sababni asoslash)
/ Motivation / Mотивация
– real mehnat hulqini tushuntirish,
asoslab berish uchun sabablar (mulohazalar) tanlashga qaratilgan og’zaki xati-harakatdir.
Mehnat bozori
/ Labour market / Рынок труда
– ishchi kuchlarining mehnatga bo’lgan
qobiliyatini sotish va sotib olish tizimi. Mehnat bozorining uchta subekti mavjud. Bularga: o’z ishchi
kuchini sotuvchilar, ish beruvchilar va davlat kiradi.
Mehnat resurslari
/ Labour resource / Трудовой ресурс
– aholining mehnat qilish
qobiliyatiga (jismoniy va aqliy faoliyatga) ega bo’lgan qismi.
Mehnat unumdorligi
/ Labour productivity / Производительность труда
– Konkret
sarflangan mehnatning samaradorligi, natijaviyligidir. Mehnat unumdorligi vaqt birligi ichida ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan
o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |