Tarmoq / Branch / Сеть -
qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil
qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq qiladigan ishlab
chiqarishning bir qismi.
Ta’rif (ish haqi fondi)
/ Tariff / Tариф
- ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan
ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi.
Ta’rif jadvali
/
Shedule of tariff / График тарифа
– mehnatga haq to’lash razryadlari, ta’rif
koeffisentlari va stavkalarini ichiga olgan jadval.
Tuproq unumdorligi / Soil productivity / Продуктивность почвы
– tuproqning mahsulot
berish qobiliyati. Unumdorlikning tabiiy, sun’iy va iqtisodiy turlari mavjud. Tuproqning tabiiy
unumdorligi – inson aralashmasdan hosil berish qobiliyati. Bu unumdorlik insonning mehnati bilan
vujudga kelmagan. Uni tabiat yaratgan. Sun’iy unumdorlik – inson mehnatining mahsuli. Iqtisodiy
unumdorlik tuproqning tabiiy va sun’iy unumdorligining yig’indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |