Mehnat unumdorligi
/ Labour productivity / Производительность труда
– Konkret
sarflangan mehnatning samaradorligi, natijaviyligidir. Mehnat unumdorligi vaqt birligi ichida ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan
o’lchanadi.
Moliyaviy natijalar
/ Financial results / Результаты финансовой деятельности
- xo’jalik
yurituvchi subektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakuni.
Moliyaviy lizing / Financial lease / Финансовый лизинг
–amalda uzoq muddatli
kreditlashtirishning o’ziga xos shakli hisoblanib, mulk uzoq muddatga, odatda, to’liq amortizasiya
muddatiga yoki uning katta qismiga ijara shartnomasi tuziladi. Moliyaviy lizingda ijara shartnomasi
tugagach, lizing obekti lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi yoki yangi lizing shartnomasi obekti
bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |