14.1-chizma.
Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida:
1) Respublikada qoramollar soni oxirgi 5 yilda 2,6 mln. boshga yoki
145 foiz ko'payib, 8,5 mln. boshga yetdi. Shu jumladan shaxsiy yordamchi
va dehqon xo‘jaliklarida 2,2 mln. boshga (138 foiz), fermer xo‘jaliklarida
200 ming boshga (162 foiz) oshdi;
2) zooveterinariya servis xizmatlarini kengaytirish maqsadida 791 ta
punktlar tashkil etilib, ularning soni 2443 taga yetkazildi. Shu yillar
davomida pullik xizmat ko'rsatish darajasi 6 barobarga oshdi;
3) aholi qaramog‘idagi chorva mollarini ko‘paytirish va bandligini
oshirish maqsadida qoramollar sotib olish uchun oxirgi 4 yilda 125,6 mlrd.
so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi;
4) parrandachilik fermer xo‘jaliklari soni oxirgi uch yilda 370 taga
oshib, 677 taga yetkazildi.Ushbu maqsadlarda birgina 2009-yilning o‘zida
18 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Bunday keng ko'lamdagi ishlar natijasida aholining chorvachilik
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji tobora to‘laroq qondirib borilmoqda.
284
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |