Iqtisodiyotning real sektori
– iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga
sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.
Iqtisodiy inqiroz
– iqtisodiyotning davriy tebranishlaridagi o’zgarish bo’lib,
ular tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi
nomutanosiblik, makroiqtisodiy muvozanatning buzilishi oqibatida vujudga keladi.
Investitsion kreditlar –
ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va
texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi
bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo’lgan vositalarni sotib olish maqsadida
olingan kreditlar.
Investitsion loyiha dasturi - O’
zbekiston republikasida qabul qilingan
qonunchilik andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan zaruriy hujjatlarni hisobga
olgan holda kapital qo’yilmalar hajmi va amalga oshirish muddatini maqsadga
muvofiqligini asoslovchi va shuningdek investitsiyalarni (biznes reja) amalga
oshirish buyicha amaliy faoliyatning dasturdir
Do'stlaringiz bilan baham: |