Investitsiya institutlari –
bu qimmatli qog’ozlar bilan o’z faoliyatini asosiy
faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog’ozlar bozorining professional
ishtirokchilaridir;
Investitsiya kompaniyasi -
qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan shaxsiy
qog’ozlarni bosib chiqishni tashkil etuvchi, ularni joylashtirish, oldi-sotdisini o’z
nomidan va hisobiga amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash usullari –
bu uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni kelajakda qoplanishini va foydaliligini
baholash maqsadida turli ob’ektlarga ularni kiritishning maqsadga muvofiqligini
aniqlash yo’llaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |