26.3. Ipoteka kreditlari asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirish.
Mamlakatimizda aholining yashash sharoitini yaxshilash, ularni uy-joylar
bilan ta’minlash maqsadida ko’plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
2020 yilning 1 may kuni imzolangan Prezidentimizning “Aholining uy-joy
sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarori ipoteka krediti asosida aholiga
aholiga uy-joy berilishi tizimida eng muhim hujjatlardan biri desak adashmagan
bo’lamiz.
Ushbu qaror koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida
aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada
rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish
hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Hozirgi vaqtga qadar mamlakatizda ipoteka krediti asosida aholi uy-joy
bilan ta’minlash bo’yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ularda
ipoteka krediti nima ekanligi alohida belgilab qo’yilgan. Ya’ni, ipoteka krediti bu –
qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy
loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan
xolda yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish uchun, yakka
tartibdagi uy-joyni yoki ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun
jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlar majmuasi hisoblanadi.
Prezidentimizning 1 maydagi qarori bilan bozor tamoyillariga asoslangan
ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy
qilindi. Shuningdek, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan o’z mablag’lari va
tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy
bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etildi.
Ushbu qarorda 2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadar
jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish
shartisiz qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka
kreditlarini ajratishga ruxsat berilganligi belgilandi.
Qarorda ipoteka kreditining yangi tartibi bilan jismoniy shaxslarga uy-joy
berilishi nazarda tutilgan. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 sentabrdagi
qarorida ipoteka krediti berilishining yosh chegarasi belgilab qo’yilgan. Ya’ni,
ipoteka krediti 18 yoshga to’lgan va 60 yoshdan oshmagan O’zbekiston
Respublikasi fuqarolariga beriladi. Kredit olish uchun yosh chegarasi
belgilanishining asosiy sababi bu ushbu ipoteka kreditini olish muomala layoqatiga
etishi hamda to’lovga qobiliyatliligi hisobga olingan. Qonunchilikda shaxs 18
yoshga to’lganda istisno holatlarni hisobga olinmaganda to’liq muomala layoqatiga
etgan hisoblanadi va o’zining yuridik ahamiyatga ega bo’lgan harakatlari uchun
o’zi javob beradi.
Fuqarolar ushbu qaror bilan uy-joy olish uchun o’zlari xohlagan joydagi
xususiy qurilish tashkilotlariga murojaat qilishlari mumkin. Bunda ular o’rtasida
shartnoma tuziladi. Keyin fuqaro tijorat banklariga murojaat qilishi mumkin va
ariza hamda boshqa hujjatlarni taqdim etgan holda ipoteka kreditlarini olishlari
mumkin bo’ladi. Bunda fuqaro qarz oluvchi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilanxususiy pudrat
tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda
topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni
birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan
ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi
belgilandi:
– qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 million so’mdan 240
million so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 224 million so’mdan
320 million so’mgacha;
– shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 million so’mdan 240 million
so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 232 million so’mdan 320
million so’mgacha;
– Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 million so’mdan 264
million so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 255 million so’mdan
352 million so’mgacha.
Bu nima degani? Shu vaqtga qadar mamlakatimizda tijorat banklari
tomonidan ipoteka kreditlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2500 va 3000
barobarigacha miqdorlarda berilar edi. Shuningdek, aniq miqdorlari belgilanmagan
edi. Ya’ni, ayrim ko’plab tijorat banklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining
1100 barobarigacha miqdorda berilishini va undan ortiq so’mmadagi uy-joylar
uchun ipoteka krediti berilishi bizda mavjud emas degan fikrlarni bildirishar edi.
Endilikda, birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga
ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari belgilandi hamda endi
fuqarolar ushbu belgilangan eng ko’p miqdorgacha ipoteka kreditlarini olishlari
mumkin bo’ladi. Ayrim fuqarolarda tushunmovchilik Bu bilan birlamchi bozordagi
uy-joylarning narxlarining eng ko’p miqdorlari belgilanmadi. Faqatgina ipoteka
kreditining eng ko’p miqdorlari belgilandi xolos.
Yangi tartib bo’yicha ipoteka kreditining muddati qanday?
Mazkur qarorda belgilab qo’yildiki, yangi tartib doirasida aholiga
ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan
ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirildi.
Bu bilan ipoteka kreditlarining muddati 20 yilgacha uzaytirildi. Ushbu tartib
bilan fuqarolar endilikda 15 yildan 20 yilgacha bo’lgan muddat bilan ipoteka
kreditlari olishlari mumkin bo’ladi.
Shuningdek, yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit
resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.
Bundan tashqari tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida
jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha
uzaytiradi hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
Bunda 15 yildan 20 yilgacha muddatning oralig’ida bo’lishi ham mumkin.
Ya’ni, 16, 17 yoki 19 yilgacha ham ipoteka kreditlarini olish mumkin. Eng kam
muddati 15 yil va eng ko’p muddati 20 yil.
Subsidiyalar qanday belgilandi?
Mazkur qarorda belgilab qo’yildiki, 2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1
yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor
holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan
kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini
ajratishga ruxsat berilishi va belgilangan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari
hamda ipoteka krediti berishning 15 yildan 20 yilgacha uzaytirilishi 2022 yil 1
yanvarga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining mablag’lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga
nisbatan tatbiq etiladi.
Shuningdek, mazkur qarorda shaharlarda va Toshkent shahrida belgilangan
ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari nazarda tutilgan kvartiralarni sotib
olishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo’yicha dastlabki badalning bir qismini to’lash
bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi
hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining
10 foizi miqdorida to’lanadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, 2020 yil 1 martdan boshlab
subsidiyalar olish uchun arizalar O’zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari
markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilmoqda.
Bundan tashqari, mazkur qaror bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020-2021 yillar davomida
uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni manzilli qo’llab-quvvatlash
maqsadida mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan
Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni bilan
tegishli hudud uchun belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga va summasini
40 foizgacha oshirishga ruxsat berildi.
Yangi tartib bo’yicha ipoteka kreditining foizi va uy-joyning umumiy bahosi
qanday?
Ushbu qarorda ipoteka kreditining foizi o’zgarishi haqida norma
belgilanmagan. Ya’ni, Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti
mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
Farmonida belgilangan quyidagi foizlarda beriladi:
– qishloq joylarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 90 foizidan
oshmaydigan miqdorda 15 yildan 20 yilgacha bo’lgan muddatga va dastlabki
badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo’lmagan miqdorda;
– shaharlarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 80 foizidan oshmaydigan
miqdorda 15 yildan 20 yilgacha bo’lgan muddatga va dastlabki badali sotib
olinadigan kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo’lmagan miqdorda.
Shuningdek, uy-joyning qiymati uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda kvartira bir kvadrat metrining
tegishli hududdagi o’rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar
maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |