Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

-
 
Uskunalarni yetkazib beruvchilarning tijorat takliflari, pudratchilarning 
smetalari; 
-
 
Ekspert baholari; 
-
 
O'xshash (analog) tijorat loyihalari; 
-
 
Davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomalar. 
Joriy aktivlarni baholash korxona faoliyatining maromiyligini aniqlashda 
muhim o’rin egallaydi. Shunga ko’ra, joriy aktivlarni baholash:
-
 
investitsion qarorlar qabul qilish; 
-
 
ishlab chiqarish qarorlarini qabul qilish; 
-
 
moliyaviy qarorlar qabul qilish; 


-
 
daromadlar, foyda va dividendlar to’g’risida qarorlar qabul qilish nuqtai 
nazaridan dolzarb hisoblanadi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, joriy akivlarni baholash korxona 
faoliyatining zararsizligini ta’minlash dastagi hisoblanadi. 
Korxona aktivlarini, xususan, joriy aktivlarni baholash ular holati va 
tarkibini o’rganish asosida aktivlarni boshqarish yuzasidan to’g’ri va aniq qarorlar 
qabul qilish imkonini beradi. Bu esa kapital harakatining uzluksizligi, doimiyligi, 
tez aylanuvchanligi va samaradorligini oshirish bo’yicha ishonchli chora-
tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Shunga ko’ra, korxona aktivlarini har 
doim baholab borish ularni samarali boshqarish orqali korxonada ishlab 
chiqarishning maromiyligini ta’minlash bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur 
ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi. O’z navbatida, olingan tahlil natijalari 
korxona kapitalini boshqarishdagi mavjud muammolarni ham aniq ko’rsatib 
beradi. Quyidagi sxema «korxona – kapital - boshqarish» munosabatlari mantig’ini 
ochib berishga xizmat qiladi.
Joriy aktivlarning tarkibi va zarurligini o’rganishda quyidagi ikkita asosiy 
tushunchalarni farqlab olish zarur bo’ladi: 
1. Yalpi aylanma kapital – bu xom ashyo zahiralari, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulotlar, qadoqlangan materiallar, ehtiyot qismlar, debitorlik 
qarzlari, pul mablag’lari va kelgusi davr xarajatlari yig’indisi. 
2. Sof aylanma kapital – bu joriy aktivlardan joriy majburiyatlarni, ya’ni 
qisqa muddatli qarzdorlik, qisqa muddatli qarzlar va ayrim hollarda mijozlarning 
depozitlari (joriy faoliyat uchun muhim hisoblanmagan qisqa muddatli 
qo’yilmalar) dan tashkil topgan qisqa muddatli majburiyatlarning ayirmasidan 
hosil qilingan natija. 
Korxonaning kelgusi faoliyatini loyihalashtirayotganda jami aylanma kapital 
kabi sof aylanma kapitalni ham baholash zarur hisoblanadi. Odatda, ular korxona 
jami xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etiladi. Sof aylanma 
kapitalga bo’lgan talablar, asosan, o’rta muddatli kreditlar yoki aktsiyador 
kapitalini ko’paytirish hisobiga qoplanishi mumkin. Tajriba shuni ko’rsatadiki, 
investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aylanma kapitalga bo’lgan talab 
xarajatlarning boshqa turlariga nisbatan to’g’ri baholanmaydi. Bu hol, ayniqsa, 
sanoat ishlab chiqarishida aylanma kapitalga bo’lgan talablarning to’g’ri hisobga 
olinmasligida yaqqol ko’zga tashlanadi. Yana bir jihati esa, rivojlangan 
mamlakatlardagiga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda xom ashyo va tovar-
moddiy qiymatliklarining katta zahirasini hosil qilish zaruriyati mavjudligi 
hollarida barcha sharoitlardan kelib chiqib, aylanma kapitalga talablarning to’g’ri 
hisobga olinmasligidir. Bundan tashqari, turli sohalarda aylanma kapitalga talablar 
turlichaligini hisobga olmoq ham zarur. Masalan, kommunal loyihalar bo’yicha 
(energiya va suv ta’minoti) sanoat loyihalariga nisbatan aylanma kapitalga nisbatan 
kam darajadagi talablar kuzatiladi. 
Sof aylanma kapital qisqa muddatli majburiyatlarni hisobdan chiqarib 
tashlagan holda joriy aktivlarni (tovar-moddiy zahiralar summasi, tez sotiluvchi 
qimmatli qog’ozlar va h.k.) birlashtiradi. 


Sof aylanma kapital investitsiya loyihasi uchun zarur bo’lgan boshlang’ich 
kapital qo’yilmalarning ma’lum bir qismini o’zida namoyon etadi, chunki u 
korxona ishlarini moliyalashtirish uchun talab etiladi. Qisqa muddatli 
majburiyatlardagi yoki joriy aktivlardagi har qanday o’zgarishlar, ya’ni ishlab 
chiqarish hajmining yoki tovar-moddiy zahiralarining ko’payishi yoki kamayishi 
moliyaviy ehtiyojlarga ta’sir etadi. 
Aylanma kapital uzoq muddatli majburiyatlar yoki aktsiyadorlik kapitali 
evaziga moliyalashtirilishi lozim. 
Investitsiya loyihalarini tahlil etishda boshlang’ich aylanma kapitaldagi 
ehtiyojlarni baholashda xarajatlar, shuningdek korxonani ishlatish davrida yuzaga 
keladigan o’zgarishlar hisobga olinganligi chuqur tahlil etilishi lozim. 
Aylanma kapitalni doimiy va o’zgaruvchan (vaqtinchalik) kapital sifatida 
tasniflash lozim. 
Doimiy aylanma kapital - bu talabni minimal (eng past) darajada qondirish 
uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni yaratishdagi talab etiladigan mablag’lar 
summasi. Shuni ta’kidlash joizki, doimiy aylanma kapitalni ifodalovchi mablag’lar 
xo’jalik jarayonini hech qachon tashlab ketmaydi. 
O’zgaruvchan (vaqtinchalik) aylanma kapital har doim ham foydali 
qo’llanilavermaydi. Masalan, mavsumiylik xususiyatiga ega bo’lgan loyiha 
bo’yicha olib boriladigan faoliyat hosil yig’imi mavsumida nisbatan ko’p 
o’zgaruvchan (vaqtinchalik) aylanma kapitalni talab etadi. Shuning uchun joriy 
aktivlarga vaqtinchalik investitsiyalangan kapitalni (masalan, hosil yig’imi 
davridagi paxta zahirasi) hosil qilishda uning qaytishiga imkon beruvchi 
manbalardan olish lozim bo’ladi (masalan, bank ssudasi va boshqalar). 
“Sof aylanma kapital” tushunchasi aktivlarning xususiyati va summalarini 
aniqlashda ishlatiladi va bunda qisqa muddatli majburiyatlarni to’lashda 
qo’llaniladi. Qarzlar to’langandan keyin qoladigan summa kelgusi ishlab chiqarish 
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. 
Agar analitik aylanma kapitalning doimiy va o’zgaruvchan kapital sifatida 
tasniflanishiga e’tirozli munosabati bo’lmasa, u holda sof aylanma kapital aylanma 
kapitalning o’rtacha uzoq muddatli darajasi sifatida qo’llaniladi va u o’rta yoki 
uzoq muddatli moliyalashtirish yoki aktsiyadorlik kapitali hisobiga qoplanishi 
lozim. 
Investitsiya aylanma kapitali summasi optimal bo’lishi, ya’ni jarima 
to’lovlaridan saqlanish uchun unchalik katta yoki kichik bo’lmasligi kerak ham 
emas. 
Aylanma kapital sinchkovlik bilan nazorat qilinishi va baholanishi kerak. 
Debitorlar - mahsulotni sotish sharti sifatida xaridorlarga berilgan tijorat 
kreditlari, o’z navbatida, bu bo’limning hajmi ushbu firmaning kreditga nisbatan 
sotish siyosati bilan aniqlanadi. Debitorlik summasini (qarzini) quyidagi formula 
orqali aniqlash mumkin: 
Kredit muddati (oylarda) 
Debitorlar = -------------------------------------- x Yillik yalpi sotish 
12 
hajmi qiymati 


Bunday hisob-kitoblar har bir sotish jarayonida bajarilishi kerak. Yillik yalpi 
sotish hajmining qiymati sotilgan mahsulotga ketgan xarajatlardan (ya’ni, ishlab 
chiqarish xarajatlari + marketing va sotish xarajatlari) amortizatsiya va foizlarni 
ayirish yo’li bilan hisoblanishi lozim. 
Tovar-moddiy qiymatliklari kerakli miqdordagi aylanma kapital miqdorini 
tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Shu sababliaylanma kapitaldagi ehtiyojlarga 
tovar-moddiy zahiralar shakli bilan bog’liq kapital summasi sezilarli ta’sir 
ko’rsatadi. Tovar-moddiy zahiralarini lozim topilgan eng past darajagacha tushirish 
vazifasi muhim masala hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki, tovar-moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiradi:

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish