Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

Investitsion xarajatlar
 
Asosiy kapital xarajatlari 
Aylanma mablag’lar 
Bin ova inshootlar 
Texnika-texnologiyalar 
Yer 
Nomoddiy aktivlar 


a) qimmatli qog’ozlarni chiqarish uchun boshlang’ich xarajatlar (bu 
korxonani ro’yxatga olish va tashkil etishda yuzaga keladi); 
b) tadqiqotlarni tayyorlash xarajatlari; 
v) boshqa ishlab chiqarish oldi xarajatlari (masalan, safar xarajatlari, 
vaqtinchalik inshootlarni barpo etish va h.k.); 
g) sinovdan o’tkazilish va ishga tayyorlash hamda ishga tushirish xarajatlari; 
d) uskuna va qurilmalarni almashtirish xarajatlari; 
e) tugatish xarajatlari, ya’ni loyiha hayotiyligining oxirida asosiy kapitalni 
foydalanishdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlar minus aktivlarni sotishda tushgan 
tushum. 
Investitsiya bo’yicha asosiy kapitalga xarajatlar xarajatlarning asosiy 
jihatlarini o’ziga qamrab olishi lozim va ularni quyidagilarga bo’lish mumkin: 
- erni sotib olish, maydonni tayyorlash va uni yaxshilash; 
- binolar va fuqarolik qurilishi bo’yicha ishlar; 
- ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari; 
- sanoat mulkchiligiga huquq, “nou-xau” bo’yicha to’lovlar va 
ruxsatnomalar. 
Baholash o’z ichiga uskunani yetkazib berish, qadoqlash, tashish, o’rnatish 
va montajga oid barcha xarajatlarni qamrab oladi. Investitsiya bo’yicha asosiy 
kapitalga to’liq yillik xarajat rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasiga 
etmaguncha qurilishning har bir davrida loyihalashtiriladi. Loyihani ish bilan 
ta’minlash uchun ishlatish bosqichida talab qilinadigan barcha investitsiyalar 
investitsiya bo’yicha asosiy kapitaldagi xarajatlar tarkibiga kiritilishi lozim. 
Asosiy vositalarga investitsiya xarajatlarini aniqlashda javob berilishi kerak 
bo'lgan asosiy savollar quyidagilardan iborat: 
1 . Uskunaga qanday quvvatda bo’lishi kerak? 
Uskunaning samaradorligi investitsiya loyihasini amalga oshirishda muhim 
bo'lgan asosiy parametrdir va bu savolga javob loyiha doirasida olib borilgan 
marketing tadqiqotlari bilan asoslanishi kerak. Bozor tahlili bizga mahsulot va 
xizmatlarni sotish kutilayotgan hajmi qanday degan savolga javob berishi kerak. 
Mumkin bo'lgan savdo hajmini bilib, uskunani qanday quvvatda va hajmda sotib 
olish kerakligi haqida tasavvurga ega bo’lamiz. 
Masalan, qahvaxonadagi xaridorlar soni sizga qanday turdagi qahva 
mashinasi kerakligi haqidagi savolga javob berishi kerak. 
2.
Loyihani amalga oshirish uchun qanday bino yoki inshootlar kerak? 
Loyihani amalga oshirishimiz kerak bo'lgan uskuna sizga kerakli jihozlar va 
sharoitlar haqida ma'lumot beradi. 
Ko'pincha quyidagilar: sanoat binolari, ma'muriy binolar, omborlar. 
Ba'zi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish joylashgan binolar uchun aniq 
talablar mavjud. Ko'pgina sohalarning joylashishi faqat tegishli sanitariya 
me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
3.
Yer uchastkasini sotib olish kerakmi? 
Bu nafaqat xarajatlar tarkibiy qismini, balki huquqiy masalalarni ham tahlil 
qilish kerak. Ko'pincha ular yerning holati va foydalanish uchun ruxsat etilgan 
maqsadlar bilan bog'liq. 


Agar loyiha doirasida yer uchastkalarini sotib olishga qaror qilingan bo'lsa, 
quyidagilarni e'tiborga olish muhimdir: maydon; yerdan foydalanish maqsadi; 
Sanitariya me'yorlariga muvofiqligi. 
4.
Qanday infratuzilma kerak? 
Har qanday loyihani amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani tahlil qilish 
talab etiladi: yo'llar, suv ta'minoti va kanalizatsiya, elektr energiyasi, gaz. 
5 . Patentlar, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlarni sotib olish 
kerakmi? 
Masalan, ba'zi loyihalar ixtiro yoki sanoat namunasiga bo'lgan huquqni talab 
qiladi. 
6 .Loyihaning boshqa investitsion xarajatlari qanday? 
Ular quyidagilar bo'lishi mumkin: 
Demontaj xarajatlari; 
Turar joy xarajatlari; 
Qo'shimcha uskunaning narxi. 
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, yordamchi uskunalarning narxi loyihaning 
taxminiy qiymatining 70 foizigacha bo'lishi mumkin. Qo'shimcha uskunalar 
quyidagilarni o'z ichiga oladi: saqlash uskunalari; avtomobil transporti; ishlab 
chiqarishda hosil bo’lgan chiqindilarini yo'q qilish, chiqindilarni kamaytirish 
uchun uskunalar va boshqalar. 
Masalan, mahsulotlarni saqlash uchun omborda emas, balki sovutish 
uskunalari talab qilinishi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 
korxonalarida oqova suvlarga filtrlarni o'rnatilishi va chorvachilik korxonalarida 
krematoratsiya tashkil etilishi kerak. 
Qurilish-montaj ishlari uchun sug'urta xarajatlari. Ular smetaga 1-2% 
qo'shishlari mumkin. Masalan, investor yoki bank qurilish-montaj ishlarining 
buzilishi va yo'qolishi, asbob-uskunalar va materiallarning shikastlanishi va 
yo'qolishi, yong'in, o'rnatilgan elementlarning yiqilishi va hokazolarni 
sug'urtalashni talab qilishi mumkin. 
Texnologiya va ishlab chiqarish jarayonlarini o'rganish, ishlab chiqarishning 
asosiy bosqichlarini tushunish investitsiya xarajatlari tarkibini tekshirishga yordam 
beradi. Ishni osonlashtirish uchun yuqoridagi nazorat ro'yxatidan foydalanishingiz 
mumkin. Ammo ko'pincha bu xarajatlarni rejalashtirish va aks ettirishda o’ziga xos 
xususiyatlari va o'ziga xos tarkibiy qismlarni inobatga olishni talab etadi. 
Asosiy vositalar qiymatini aniqlash uchun ma'lumot manbalari: 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish